Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi, mintaqada hujumlar nishonida bo'lgan mamlakatlardagi turk fuqarolarini himoya qilish uchun zarur choralar ko'rilganini ma'lum qildi
Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, shanba kuni AQSH va Isroilning Eronga qarshi birgalikdagi hujumlari bilan boshlangan urushdan zarar ko'rgan Yaqin Sharq mamlakatlaridagi turk fuqarolariga diplomatik vakolatxonalar orqali yordam berilayotganini bildirdi. Vazirlik matbuot kotibiO'nju Kecheli, juma kuni X tarmog'ida qilgan chiqishida, hujumlar nishonida bo'lgan hududlardagi turk fuqarolarini asrash uchun barcha tadbirlar ko'rilganini ta'kidladi.
Kecheli, Turkiyaning chet eldagi diplomatik vakolatxonalari 24 soat davomida shoshilinch aloqa tarmoqlari bilan xizmat ko'rsatayotganini qayd etib, fuqarolar o'zlari bo'lgan mamlakatlardagi turk elchixonalarining bildirishlarini diqqat bilan kuzatib borishlari zarurligini aytdi.
So'zchining ma'lum qilishicha, turk fuqarolari Iroq, Eron, Isroil, Livan, Saudiya Arabistoni, Suriya, Ummon va Iordaniyadan turli yo'nalishlar orqali chiqib ketishlari mumkin. Ushbu mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalar xavfsiz sayohat masalalarida yo'nalish bermoqda. Bahrayn, Qatar va Quvaytdan Turkiyaga bevosita havo aloqasi yo'qligi sababli, u yerdagi fuqarolarni quruqlik yo'li bilan Saudiya Arabistoni va Ummonga tashish uchun avtobus qatnovlarini yo'lga qo'yish ustida ish olib borilmoqda. Kecheli, avtobus qatnovlarining boshlanishi mahalliy hokimiyat organlarining ruxsatiga bog'liqligini qo'shimcha qildi.
Kecheli mintaqada vaziyat tez o'zgarayotganini urg'ulab, turk fuqarolarini diplomatik vakolatxonalar xabarlarini kuzatib borishga chaqirdi. Ushbu bayonot, shanba kunidan buyon 1000 dan ortiq kishining o'limiga sabab bo'lgan AQSH-Isroil hujumlari davom etayotgan bir vaqtda berildi. Eron ham bunga javoban Isroil va AQSH harbiy bazalari joylashgan Ko'rfaz mamlakatlariga dron va raketa hujumlari uyushtirdi.








