SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
Trampga Eronga qarshi navbatdagi hujumlar bo'yicha brifing beriladi
Variantlar qatoriga Eron infratuzilmasini nishonga olgan havo hujumlari, Hormuz bo'g'ozidagi operatsiyalar yoki yadroviy materiallarni nishonga olgan operatsiyalar kiradi.
Trampga Eronga qarshi navbatdagi hujumlar bo'yicha  brifing beriladi
Mudofaa vaziri Pit Hegseth, 2026-yil 16-aprel kuni matbuot brifingi vaqtida OAV vakillari bilan gaplashayotganida, unga admiral Bred Kuper hamrohlik qilmoqda. [Arxiv] / AP

Oq uyda Eron bo‘yicha harbiy variantlar muhokama qilinmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp payshanba kuni Eron ko‘rfazidagi vaziyat va ushbu mamlakatga qarshi potentsial harbiy amaliyotlar rejasini ko‘rib chiqadi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib Axios nashri xabar berdi.

Prezidentga CENTCOM (AQSh Markaziy qo‘mondonligi) qo‘mondoni admiral Bred Kuper va Qo‘shma shtab boshliqlari raisi general Den Keyn hisobot berishi kutilmoqda.

Muhokama qilinayotgan harbiy ssenariylar

Axios nashrining yozishicha, taqdim etiladigan variantlar qatoridan quyidagi strategik rejalar o‘rin olgan:

  • Havo zarbalari: Eron infratuzilmasiga qarshi yo‘naltirilgan "qisqa va shiddatli" zarbalar to‘lqini;

  • Hormuz operatsiyasi: Hormuz bo‘g‘ozining bir qismini egallab olish va uni xalqaro tijorat kemalari qatnovi uchun qayta ochish bo‘yicha dengiz amaliyoti;

  • Yadroviy aktivlar: Eronning yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralarini nazorat ostiga olishga qaratilgan maxsus topshiriqli kuchlarning (SST) maxfiy operatsiyasi.

Diplomatiya va bosim

Donald Tramp chorshanba kuni Axios nashriga bergan intervyusida hozirgi dengiz blokadasini Tehronga nisbatan asosiy ta’sir dastagi deb hisoblashini bildirdi. Biroq, prezident agar muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolsa, harbiy kuch ishlatish ehtimolini ham istisno etmadi.

Hozircha Oq uy ushbu ma’lumotlar yuzasidan rasmiy izoh berishdan bosh tortdi.