AQSh prezidenti Donald Tramp uch kunlik rasmiy tashrif bilan Vashingtonga kelgan Xitoy raisi Si Jinpingni aeroportda kutib oldi.
Vashington yaqinidagi Joint Base Andrews aeroportida o‘tkazilgan harbiy marosimda Si uchun qariyb 30 metrlik qizil gilam to‘shaldi. Tramp xorijiy davlat rahbarini aeroportda shaxsan kutib olib, AQSh prezidentlari kamdan kam qiladigan ishni amalga oshirdi.
Tramp Si bilan ko‘plab masalalarni muhokama qilishini aytdi
Marosimdan so‘ng Oq uyga qaytgan Tramp jurnalistlarning Si tashrifi davomida Eron masalasini muhokama qilishi haqidagi savoliga: “Bu masalani va boshqa ko‘plab masalalarni muhokama qilaman. Ammo hammasi, jumladan, Eron inqirozi bilan bog‘liq vaziyat ham yaxshi ketmoqda”, deb javob berdi.
Tramp 24-sentabr, payshanba kuni Xitoy raisi Si Jinping va uning rafiqasi Peng Liyuanni Oq uyda harbiy parad bilan kutib oladi.
Ikki rahbar o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng Tramp kechqurun Si sharafiga ziyofat beradi.
Ikki rahbar juma kuni Oq uyda yana uchrashishi kutilmoqda.
Si 2015-yildan buyon Vashingtonga ilk bor rasmiy tashrif buyurmoqda.























