TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Turkiyaning Portugaliyaga harbiy kema eksportida ikkinchi kema ishlab chiqarilishi boshlandi
Turkiyaning Yevropa Ittifoqi va NATO a’zosi mamlakatga amalga oshirgan ilk harbiy kema eksporti loyihasi doirasida, Portugaliya Harbiy-dengiz kuchlari uchun qurilayotgan ikkinchi kema — N.R.P. D. Dinis uchun po‘lat kesish marosimi Istanbulda bo‘lib o
Turkiyaning Portugaliyaga harbiy kema eksportida ikkinchi kema ishlab chiqarilishi boshlandi
Turkiyaning Portugaliyaga tarixiy harbiy kema eksportida ikkinchi kemani ishlab chiqarish boshlandi (Foto: AA)

Turkiyaning Yevropa Ittifoqi va NATO a’zosi bo‘lgan mamlakatga amalga oshirgan ilk harbiy kema eksporti hisoblangan Dengizda ta’minot va logistika qo‘llab-quvvatlash kemalari loyihasi doirasida, Portugaliya Harbiy-dengiz kuchlari uchun qurilayotgan ikkinchi kema — N.R.P. D. Dinis uchun po‘lat kesish marosimi Istanbulda bo‘lib o‘tdi.

STM Mudofaa texnologiyalari muhandislik va savdo kompaniyasi (STM) Portugaliya Harbiy-dengiz kuchlari uchun qurayotgan Dengizda ta’minot va logistika qo‘llab-quvvatlash kemasi loyihasida muhim bosqichga yetdi. Loyiha doirasidagi ikkinchi kema — N.R.P. D. Dinis (A5212) uchun Istanbulda po‘lat kesish marosimi o‘tkazilib, ishlab chiqarish jarayoni rasman boshlandi.

Portugaliyaning logistika qo‘llab-quvvatlash kemasi tenderida g‘olib bo‘lgan STM shartnomani 2024-yil dekabr oyida Lissabonda imzolagan edi. Birinchi kemaning qurilishi 2025-yil noyabr oyida po‘lat kesish marosimi bilan boshlangan, 2026-yil yanvar oyida esa quruq dokka joylashtirilgan edi. Birinchi kemadagi ishlar davom etayotgan bir paytda, ikkinchi kema ishlab chiqarishiga ham start berildi.

STM bosh direktorining o‘rinbosari Bulent So’ydal NATO standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan dengiz platformalari bo‘yicha to‘plangan tajribani Portugaliyaga ham taqdim etayotganliklarini bildirib, har ikki kemani 2027-yilda suvga tushirish va 2028-yilda Portugaliya Harbiy-dengiz kuchlariga topshirishni maqsad qilganliklarini aytdi.

Istanbuldagi ADA tersanesida qurilayotgan kemalar logistika ta’minoti, dengizda yoqilg‘i va yuk tashish vazifalari bilan bir qatorda amfibiya operatsiyalari hamda qo‘shma kuchlarni ko‘chirish faoliyatlarida ham foydalaniladi. Platformalar 20 tagacha yengil taktik zirhli transport vositasini tashiy oladi, shuningdek insonparvarlik yordami, qidiruv-qutqaruv va tibbiy yordam operatsiyalarida ham xizmat qiladi.

Uzunligi 137 metr va suv sig‘imi 11 ming tonna bo‘ladigan kemalar 18 tugundan yuqori maksimal tezlikka erisha oladi hamda 30 kun davomida uzluksiz dengizda xizmat qilishi mumkin. Kemalar yaqin masofali havo mudofaa tizimlari, masofadan boshqariladigan qurollar, ilg‘or sensorlar va chalg‘ituvchi tizimlar bilan jihozlanadi. Shuningdek, ularda vertolyotlar va uchuvchisiz havo vositalari uchun uchish maydonchasi hamda angar ham bo‘ladi.

Kemalar 100 nafar asosiy xizmat xodimidan tashqari yana 100 kishilik qo‘shimcha personalni joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.