SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Xitoy Ho‘rmuz bo‘g‘ozida odatiy harakatni qo‘llab - quvvatlamoqda
Xitoy rahbari Si Szinpin dushanba kuni (20.04.2026) Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan telefon orqali muloqot qildi.
Xitoy Ho‘rmuz bo‘g‘ozida odatiy harakatni qo‘llab - quvvatlamoqda
_

Xitoy Prezidenti Si Szinpin dushanba kuni Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Unda, Pekin, Eron urushini yakunlashga qaratilgan sa’y - harakatlarni kuchaytirayotgan bir paytda; Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan kemalarning odatiy harakati davom etishi zarurligini ta’kidladi.

AQSh tomonidan Eron yuk kemasining qo‘lga olinishi va Tehron hozircha yangi tinchlik muzokaralarida qatnashmaslik ishorasini berishi ortidan AQSh – Eron o‘rtasidagi sulh yana - da keskinlashgan bir paytda, Xitoy ushbu strategik suv yo‘li atrofida takrorlanayotgan beqarorlikdan xavotirda ekanini bildirmoqda.

Xitoy Eron xom neftining asosiy xaridorlaridan biri hisoblanadi. AQSh bilan Isroil fevral oyida urushni boshlaganidan beri Eron bo‘g‘ozni asosan o‘z kemalaridan tashqari boshqalarga yopib qo‘ygan, Vashington esa o‘tgan haftadan beri Eron kemalariga nisbatan blokada qo‘llamoqda.

Xitoy davlat axborot agentligi Sinxua xabariga ko‘ra, Si, zudlik bilan va to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish e’lon qilinishini qo‘llab - quvvatlashini hamda Yaqin Sharqdagi mojarolarni siyosiy va diplomatik yo‘llar orqali hal etish zarurligini ta’kidlagan. Si Szinpin Saudiya yetakchisiga: «Ho‘rmuz bo‘g‘ozi normal harakat uchun ochiq qolishi kerak, chunki bu mintaqa davlatlari va xalqaro hamjamiyatning umumiy manfaatlariga xizmat qiladi» - dedi.

Nozik sulh

AQSh tomonidan Eron kemasi qo‘lga olinishi ortidan Vashington bilan Tehron o‘rtasidagi sulh taqdiri borasidagi xavotirlar ortdi. Tramp ilgari Eronning Pokistonda AQSh bilan o‘tkazilgan muzokaralarda ishtirok etishida Pekinning rolini yuqori baholagan edi.

Xitoy Tashqi Ishlar vazirligi dushanba kuni e’lon qilgan bayonotida, AQSh tomonidan Eron kemasiga nisbatan amalga oshirilgan «majburiy to‘xtatish» harakatidan xavotirda ekanini ifoda etgan holda barcha tomonlarni sulh kelishuviga rioya qilishga chaqirdi.

Si Szinpinning Saudiya valiahd shahzodasi bilan suhbati o‘tgan hafta Pekinda Abu - Dabi valiahd shahzodasi bilan o‘tkazilgan uchrashuvdan keyin bo‘lib o‘tdi; unda u xalqaro huquqqa rioya qilishga chaqirgan edi.

Shuningdek, Si Szinpin Saudiya valiahd shahzodasiga Xitoy Yaqin Sharq davlatlarining «o‘z kelajagi va taqdirini o‘z qo‘llariga olishini, uzoq muddatli mintaqaviy barqarorlik va tinchlikni ta’minlashini» qo‘llab - quvvatlashini bildirdi.