TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an Rumen Radevni COP31 sammitiga taklif qildi
Prezident Erdo‘g‘an bilan Bolgariya Bosh vaziri Rumen Radev telefon orqali muloqot qildi.
Erdo‘g‘an Rumen Radevni COP31 sammitiga taklif qildi
_

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Bolgariya Bosh vaziri Rumen Radev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan ma’lum qilinishicha suhbat davomida Turkiya – Bolgariya munosabatlari, shuningdek, mintaqadagi va dunyodagi oxirgi vaziyatlar muhokama qilingan.

Prezident Erdo‘g‘an ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish yo‘lida shaxdam qadamlar tashlashda davom etishlari, xususan, savdo sohasidagi hamkorlikni kengaytirish uchun aniq choralar ko‘rishdan voz kechmasliklarini ta’kidladi.

Erdo‘g‘an Turkiya Qora dengizda kemalar qatnovi xavfsizligini ta’minlash maqsadida Rossiya va Ukraina bilan aloqada ekanliklarini bildirdi. Shuningdek, Bolgariyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasida sodir bo‘lgan insonsiz havo transporti (IHT) hujumidan afsusda ekanini bildirib, Bolgariya tomoniga hamdardlik bildirib, dalda tilaklarini yetkazdi.

Prezident Erdo‘g‘an Bolgariya Bosh vaziri Rumen Radevni 11 – 12-noyabr kunlari Antaliyada bo‘lib o‘tadigan COP31 yetakchilar sammitiga ham taklif qildi.