AQShda federal sudya Prezident Donald Trampning siyosati targ‘ib qilingan va davlat mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan reklamalar “noqonuniy” bo‘lishi mumkinligi sababli ularni efirdan olib tashlashga qaror qildi.
Wall Street Journal (WSJ) gazetasining xabariga ko‘ra, Nyu-York okrug sudyasi Jennifer Rochon 3-noyabrda bo‘lib o‘tadigan Kongressga oraliq saylovlar oldidan Prezident Trampning saylov kampaniyasiga taalluqli qaror chiqardi.
Rochon hukumat mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan va Trampning siyosati targ‘ib qilingan reklamalar “noqonuniy” bo‘lishi mumkinligi sababli ularni efirdan olib tashlashga hukm qildi.
Shuningdek, sudya Rochon hukumat ushbu reklamalarni namoyish etish yoki tarqatish uchun band qilingan barcha joylar va boshqa kelishuvlarni bekor qilishi kerakligini bildirdi.
AQSh Prezidenti Tramp va uning ma’muriyati siyosatini targ‘ib qiluvchi reklamalar sentabr oyida namoyish etila boshlagani va federal mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgani qayd etilmoqda.



















