Isroil xavfsizlik sohasi rasmiylari hozirda 14 ta operativ suvosti kemasiga ega bo‘lgan va kelgusi yillarda bu sonni 18 taga yetkazishi kutilayotgan Turk Harbiy - dengiz kuchlarining salohiyatini asos qilib, Tel - Aviv ma’muriyatiga suvosti kemalari flotini yangi xaridlar orqali 8 taga yetkazishni tavsiya qilgani bildirildi.
Isroil Harbiy radiosining xabarida Isroil Turk Harbiy - dengiz kuchlarining suvosti kemalari borasidagi kuchi mustahkam tus olganini yaqindan kuzatayotgani va bunga javoban Germaniyada ishlab chiqarilgan “yangi va ilg‘or texnologiyali” suvosti kemalari bilan o‘z flotini kengaytirish choralarini ko‘rayotgani qayd etildi.
Xabarda Turkiyaning hozirda 14 ta operativ suvosti kemasiga ega ekani va bu son 18 taga yetkazilishi, Isroilning esa 5 ta suvosti kemasi borligi hamda oltinchi suvosti kemasining yaqin orada mamlakatga yetib kelishi kutilayotgani bildirildi.
Mudofaa sohasi rasmiylari suvosti kemalari flotini 8 taga yetkazish bo‘yicha tavsiyani siyosiy rahbariyatga taqdim etgani nazarda tutilgan xabarda, suvosti kemalari uchun zarur shaxsiy tarkib salohiyati hali Bosh shtab darajasida professional tekshiruvdan o‘tkazilmagani qayd etildi.





















