TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an: YI bilan bojxona ittifoqini yangilash manfaatimizga xizmat qiladi
Prezident Erdo‘g‘an Avstriya Bosh vaziri Kristian Shtoker bilan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.
Erdo‘g‘an: YI bilan bojxona ittifoqini yangilash manfaatimizga xizmat qiladi
_

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Avstriya Bosh vaziri Kristian Shtoker bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi haqida gapirar ekan, mavzu haqida: «Bojxona ittifoqini yangilash va vizalarni bekor qilish bo‘yicha muloqot masalasi bosh bo‘lish bilan birga Yevropa ittifoqi tomonidan tashlanadigan qadamlar barchamiz manfaatiga xizmat qilishini ta’kidladim» - dedi.

Erdo‘g‘an Prezidentlik majmuasida Avstriya Bosh vaziri Shtokerni qabul qilganidan so‘ng uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida nutq so‘zladi.

Prezident Erdo‘g‘an unda, Avstriya Bosh vaziri sifatida Turkiyaga ilk tashrifini amalga oshirayotgan Shtokerni Anqarada kutib olishdan mamnun ekanini bildirdi.

Tarixiy va uzoq yillik munosabatlarga ega bo‘lgan ikki davlat o‘rtasidagi yuqori darajali tashriflar muntazam davom etishini istashlarini ta’kidlagan Erdo‘g‘an: «Shubhasiz, soni 400 ming nafardan oshgan Avstriyadagi turklar ikki davlatning umumiy qadriyati va boyligi bo‘lib qolmoqda. Shu nuqtai nazardan, Avstriyadagi turklarning tinchligi va farovonligiga berayotgan ahamiyatimizni bugungi muzokaralarimizda ham ta’kidladik» - dedi.

Erdo‘g‘an Shtoker bilan ikki tomonlama munosabatlarning barcha jihatlarini muhokama qilganliklarini, Turkiya – Yevropa ittifoqi munosabatlari, shuningdek, mintaqaviy va global jarayonlar yuzasidan fikr almashganliklarini bildirdi.

Ikki tomonlama savdo hajmi

Avstriya bilan munosabatlarda so‘nggi davrda kuzatilayotgan ijobiy sur’atni iqtisodiy va savdo aloqalarida ham ko‘rishdan mamnun ekanini ta’kidlagan Erdo‘g‘an shunday dedi:

«Avstriya bilan yashil energetika, muhim minerallar, yuqori texnologiyalar, transport va mudofaa sanoati sohalarida muhim hamkorlik salohiyatiga egamiz. Ayniqsa, O‘rta koridorni mustahkamlashga xizmat qiladigan strategik xususiyatdagi hamkorlikni birgalikda amalga oshirishimiz mumkinligiga ishonchim komil» - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Turkiya xavfsizlik va migratsiya masalalarida muhim davlat

Avstriya Bosh vaziri Kristian Shtoker esa Turkiya ham Avstriya, ham Yevropa ittifoqi uchun xavfsizlik va migratsiya masalalarida muhim davlat ekanini ta’kidladi.

Noqonuniy migratsiya, odam savdosi va uyushgan jinoyatchilik kabi masalalarda mamlakati Turkiya bilan juda yaqin hamkorlik qilayotganini ifoda etgan Shtoker, Turkiya 10 yildan ortiq vaqt davomida suriyalik qochqinlarni qabul qilib kelayotganini yodga soldi.

Shtoker bu holatni «juda muhim, aslida tahsinga sazovor tashabbus» sifatida baholaganini bildirib, uchinchi davlat fuqarolarini qayta qabul qilish va qaytarish masalasida Turkiya bilan hamkorlik nihoyatda muhim ekanini o‘z so‘ziga ilova etdi.