IQTISODIYOT
1 daqiqa o'qish
ASELSAN 171 million dollarlik xalqaro sotish shartnomasi imzoladi
ASELSAN, Osiyo – Tinch okeani mintaqasida faoliyat yurituvchi mijoz bilan 171 million AQSh dollari miqdorida xalqaro eksport shartnomasini imzolaganini ma’lum qildi.
ASELSAN 171 million dollarlik xalqaro sotish shartnomasi imzoladi
_
26 январ 2026

Turkiyaning yetakchi mudofaa kompaniyasi ASELSAN dushanba kuni (26.01.2026) Osiyo –Tinch okeani mintaqasida faoliyat yurituvchi mijoz bilan 171 million AQSh dollari miqdorida xalqaro eksport shartnomasini imzolaganini ma’lum qildi.

ASELSAN Jamoatchilikni xabardor qilish platformasiga mavzu haqida bergan bayonotida mazkur shartnoma aloqa tizimlari ham - da insonsiz havo transportlari uchun foydali yuklarning to‘g‘ridan - to‘g‘ri savdosini o‘z ichiga olishini bildirdi. Biroq mijozning nomi hozircha oshkor qilinmadi.

Bosh qarorgohi Turkiya poytaxti Anqarada joylashgan ASELSAN, 1975 - yili tashkil etilgan bo‘lib; mamlakatning eng yirik mudofaa kompaniyalaridan biri sanaladi va o‘z sohasida jahon miqyosida eng yaxshi 50 ta kompaniya qatoridan o‘rin olgan.

Defence News Top 100 reytingida 42 - o‘rinda turuvchi ASELSAN yuqori qo‘shimcha qiymatga ega eksportni kengaytirish ham - da xalqaro buyurtmalar portfelini mustahkamlash orqali global nufuzini oshirib, ilk 30 talikka kirishni maqsad qilgan.

ASELSAN 2025 - yili bir qator shartnomalar imzoladi va yaqinda e’lon qilingan to‘qqiz oylik moliyaviy ko‘rsatkichlarga ko‘ra, xalqaro savdolardan 1,4 milliard AQSh dollari miqdorida bajarilishini kutayotgan buyurtmalar portfelini shakllantirdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 171 foizlik o‘sishni anglatadi. ASELSAN tomonidan yangi imzolangan shartnomalarning qariyb 25 foizi bevosita va bilvosita xorijiy savdolarga to‘g‘ri keladi.