DUNYO
1 daqiqa o'qish
BMT Isroilning Netanyaxu va Gallantga qarshi apellyatsiya arizasini rad etdi
Xalqaro Jinoyat Sudi (XJS) Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu va sobiq Mudofaa vaziri Yoav Gallantga qarshi G‘azodagi urush jinoyatlari hamda insoniyatga qarshi jinoyatlar sababli chiqarilgan hibsga olish orderlari ustidan berilgan apellyatsiya ar
BMT Isroilning Netanyaxu va Gallantga qarshi apellyatsiya arizasini rad etdi
ICC rejects Israel’s appeal bid against arrest warrants for Netanyahu and Gallant over Gaza genocide / AFP

Sudning bayonotiga ko‘ra, Isroil tomonidan orderlarni bekor qilish bo‘yicha topshirilgan so‘rov “apellyatsiya qilinmaydigan masala” sifatida baholandi. Shunga qaramay, sud hozircha Isroilning XJS yurisdiksiyasiga oid da’vosini ko‘rib chiqishni davom ettirmoqda.

Noyabr oyida  XJS  Netanyaxu va Gallantning G‘azodagi harbiy harakatlar chog‘ida “jinoyat javobgarligi” borligiga doir “asosli dalillar” mavjudligini e’lon qilgandi. Mazkur qaror Isroil va AQShda kuchli noroziliklarga sabab bo‘ldi — AQSh hatto XJS  amaldorlariga qarshi sanksiyalar joriy etdi.

Netanyaxu bu qarorni “antisemitik” deb atagan bo‘lsa, o‘sha paytdagi AQSh prezidenti Jo Bayden uni “g‘ayrioddiy” deb baholagan edi.

May oyida Isroil orderlarni bekor qilishni so‘rab ariza topshirdi, biroq sud 16-iyulda bu so‘rovni rad etdi. Shundan bir hafta o‘tib, Isroil bu qaror ustidan apellyatsiya berishga ruxsat so‘radi, ammo  XJS sudyalar juma kuni bu iltimosni ham rad etdi.

Sudning 13 betlik qarorida shunday deyiladi:

“Isroil tomonidan ko‘tarilgan masala apellyatsiya qilinadigan masala emas. Shu sababli Palata bu so‘rovni rad etadi.”

Hozircha  XJS  yurisdiksiyasi bo‘yicha yakuniy qaror ustida ishlamoqda. Shu bilan birga, aprel oyida Apellyatsiya Palatasi Dastlabki Palataning avvalgi rad qarorini “noto‘g‘ri” deb topgan va masalani yanada chuqurroq o‘rganishni buyurgan edi.

Yakunda, sud yurisdiksiyasi bo‘yicha qaror qachon e’lon qilinishi hozircha noma’lum.

 

Boxabar bo'ling!
AQSh Saudiya Arabistonidagi aeroportlar bo‘yicha ogohlantirish e’lon qildi
AQShda sudya davlat hisobidan Trampni qo‘llovchi reklamalarni to‘xtatishga qaror qildi
BMT: “Jibuti sohillari yaqinidagi qayiq halokatida 139 kishi halok bo‘ldi, 84 kishi bedarak yo‘qoldi
AQSh harbiylari Ummon ko‘rfazida yuk kemasiga zarba berdi
Rossiyada laboratoriya xodimining o'limiga olib kelgan pnevmoniya sababi noma'lumligicha qolmoqda
Ar-Riyod aeroportiga raketa hujumi: 12 kishi halok bo‘ldi, reyslar to‘xtatildi
Rossiya Odessa portiga harbiy yuk olib ketayotgan quruq yuk kemasini urganini bildirdi
Navi Pillay Nobel tinchlik mukofotini xalqaro jinoyatlar qurbonlariga bag‘ishladi
Fransiyada o‘quvchilar noroziligi butun mamlakatga yoyilmoqda
Panama kuchli zilziladan so‘ng yirik tabiiy ofat e’lon qildi
Tramp Nobel tinchlik mukofoti haqidagi qarorni “sharmandali” deb atadi
Ukraina BMT Xavfsizlik kengashini shoshilinch yig‘ilishga chaqirdi
NYT: AQSh armiyasi Eronga hujum qilish variantlarini ko‘rib chiqmoqda
Rossiya va Ukraina o'rtasidagi hujumlarda kamida 56 kishi halok bo'ldi
Hisobot: Eron urushida AQShning 81 ta havo vositasi yo‘qotildi yoki jiddiy shikastlandi
ChatGPT bolalar hayoti uchun katta xavf tug'dirmoqda
Xitoylik xaker Janubiy Koreya banklariga qarshi kiberhujumlarda sun'iy intellektdan foydalandi
WMO ogohlantirdi: El-Ninyo Tinch okeani haroratini rekord darajaga ko‘tarishi mumkin
Eron: “AQShning urushni tugatish takliflariga javob vositachilar orqali yetkaziladi”
Ukrainadagi Rossiya hujumlari 11 kishining hayotiga zomin bo'ldi