DUNYO
2 daqiqa o'qish
Rossiya Ukrainaning energetika infratuzilmasiga zarba berdi
Rossiya Ukrainaning energetika infratuzilmasiga zarba berishni davom etar ekan, Ukrainadan kelgan insonsiz havo hujumlariga monelik qilganini iddao etdi.
Rossiya Ukrainaning energetika infratuzilmasiga zarba berdi
Rossiya Ukrainaga qarshi yana hujum uyushtirdi.
6 соат олдин

Rossiya Mudofaa vazirligi mavzu haqida bugun bergan bayonotida, rus harbiy kuchlari Ukrainaning harbiy - sanoat kompleksi bilan bog‘liq energetika infratuzilmasiga yana hujumlar uyushtirganini ma’lum qildi. Bu holat, AQShning Kiyevga uzoq masofali Tomagavk qanotli raketalarini yetkazib berish qarori yuzasidan paydo bo‘lgan taranglik paytida qayd etildi.

Rossiyaning RIA axborot agentligi xabariga ko‘ra vazirlik, hujumlar, Ukrainaning urushda foydalaniluvchi vositalarni qo‘llab - quvvatlagan energetika obyektlarini nishonga olganini bildirgan. Shu bilan birga Interfax axborot agentligi, Rossiya havo mudofaasi so‘nggi 24 soat ichida Ukrainaning 72 ta insonsiz havo transportini urib tushirganini ma’lum qildi.

Kreml AQShning Ukrainaga raketalar yetkazib berish ehtimolidan xavotirda

Kreml AQShning Ukrainaga Tomagavk raketalarini yetkazib berish ehtimolidan chuqur xavotirda ekanini bildirgan holda mojaro har jihatdan avj olgani va hatto dramatik nuqtaga ulashganini ta’kidladi.

Kreml Matbuot xizmati kotibi Dmitriy Peskov davlat telekanaliga bergan bayonotida: «Tomagavk masalasi katta xavotirga soladi. Hozirgi vaziyat haqiqatdan ham dramatik; taranglik har jihatdan kuchayib bormoqda», - dedi.

Peskovning ta’kidlashicha, Moskva har qanday Tomagavk uchirilishini yadroviy tahdid sifatida qabul qiladi. Hatto bu borada: «Tasavvur qiling: uzoq masofali raketa uchiriladi va biz uning yadroviy bo‘lishi mumkinligini bilamiz. Rossiya bu haqida nima deb o‘ylashi kerak? Qanday javob berishi kerak?» - dedi.

Tomagavk raketalari AQSh ma’lumotlariga ko‘ra 2,500 kilometr (1,550 mil) masofadagi nishonlarni urish imkoniyatiga ega va  ushbu raketalarning eski versiyalari yadroviy kallaklarni tashishga qodir.

Putin raketalar yetkazib berilgudek bo‘lsa yangi bosqichga o‘tishlari haqida ogohlantirdi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bu oy boshida bergan bayonotida, ushbu raketalar to‘g‘ridan - to‘g‘ri AQShning harbiy ishtirokisiz ishlatilishi mumkin emasligini ifoda etgan holda Ukrainaga qurol yetkazib berilgudek bo‘lsa unda Rossiyaning yangi bosqichga o‘tishini qayd etdi. Hatto bu borada ogohlantirdi.

Vashington Tomagavk borasida hali hanuz yakuniy qarorni e’lon qilmas ekan AQSh Prezidenti Donald Tramp dushanba kuni bergan bayonotida, raketalarni yetkazib berishdan oldin Ukraina ularni nima qilishni rejalashtirayotganini bilmoqchi ekanini yetkazdi ammo u mavzu haqida qisman qaror qabul qilganini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Financial Times gazetasi bugun tarqatgan ma’lumotda, AQSh bir necha oydan beri Ukrainaning rus energetika ta’sislariga qarshi uzoq masofali insonsiz havo transportlari orqali hujumlar uyushtirishiga yashirin turda yordam berib kelayotgani bildirdi.