DUNYO
3 daqiqa o'qish
Kambodja Tailanddan chegaradagi sulh muzokaralarini Malayziyada o‘tkazishni talab qildi
Tailand rasmiylari Kambodja vakillarini Chanthaburi shahridagi xavfsizlikka ishontirishga urinmoqda, Kambodja esa to‘qnashuv hududlaridan uzoqlashish uchun uchrashuvni Kuala-Lumpurga ko‘chirishni so‘ramoqda.
Kambodja Tailanddan chegaradagi sulh muzokaralarini Malayziyada o‘tkazishni talab qildi
Tailand va Kambodja chegara boʻylab qayta avj olgan janglar uchun bir-birini ayblamoqda. [Arxiv fotosi] / AP

AFP agentligi seshanba kuni qo‘lga kiritgan maktubga ko‘ra, Kambodja ikki hafta davom etgan qonli chegara to‘qnashuvlaridan so‘ng, sulh shartlarini muhokama qilish uchun ikki tomonlama muzokaralarni Malayziyaning Kuala-Lumpur shahridagi betaraf hududda o‘tkazishni talab qildi.

Bangkok mudofaa rahbari seshanba kuni Kambodja tomonining Tailandda uchrashish borasidagi xavotirlarini bartaraf etishga harakat qildi, Tailand Tashqi ishlar vazirligi esa uchrashuv joyi hali muhokama qilinayotganini bildirdi.

Rasmiylarning ta’kidlashicha, uzoq yillardan beri davom etayotgan chegara mojarosi shu oyda qayta alangalanib, avvalgi sulhning buzilishiga, 40 dan ortiq kishining o‘limiga va har ikki tomondan 900 000 dan ortiq kishining o‘z uyini tark etishiga sabab bo‘lgan.

Tailand Tashqi ishlar vaziri Sixasak Phuangketkeov dushanba kuni Janubi-Sharqiy Osiyo Millatlar Assotsiatsiyasi (ASEAN) hamkasblari bilan Malayziya poytaxtida o‘tgan uchrashuvdan so‘ng Kambodja bilan muzokaralar o‘tkazilishini e’lon qildi. Sixasakning jurnalistlarga aytishicha, uchrashuv chorshanba kuni Tailandning Chanthaburi shahrida mavjud chegara qo‘mitasi doirasida bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Biroq, dushanba kungi maktubda Kambodja Mudofaa vaziri Tea Seiha tailandlik hamkasbi Nattaphon Narkphanitga uchrashuvni Kuala-Lumpurda o‘tkazishni taklif qilgan. Maktubda: "Chegara bo‘ylab to‘qnashuvlar davom etayotgani sababli, xavfsizlik nuqtai nazaridan ushbu uchrashuv xavfsiz va betaraf joyda o‘tkazilishi kerak", — deyilgan. Shuningdek, Malayziya ASEAN raisi sifatida ushbu muzokaralarga mezbonlik qilishga rozilik bergani bildirilgan.

"Xavfsiz hudud"

Tailand Tashqi ishlar vazirligi voizi Nikorndej Balankura Bangkokda jurnalistlarga uchrashuv joyi hozirda ko‘rib chiqilayotganini aytdi. Mudofaa vaziri Nattaphon Narkphanit esa uchrashuv Chanthaburida o‘tishini ta’kidlab: "U yerda deyarli to‘qnashuvlar yo‘q. Xavfsiz", — dedi. Uning qo‘shimcha qilishicha, avvalgi uchrashuv Kambodjaning Koh Kong viloyatida o‘tgani sababli, navbat Tailandga kelgan.

Biroq vazir Tailand kuchlari Kambodja jangni to‘xtatmaguncha javob qaytarishda davom etishini, chegara bo‘ylab urush faqatgina ikki viloyatda biroz pasayganini tan oldi. Kambodja tomoni esa, Tailand dushanba kuni, hatto muzokaralar haqida e’lon qilinganidan biroz vaqt o‘tib ham havo hujumlari uyushtirganini iddao qildi. Kambodja Mudofaa vazirligi voizi Mali Socheata seshanba kuni ertalab to‘qnashuvlar davom etayotganini va Tailand kuchlari Poipet shahrini bombardimon qilganini bildirdi.

"Vaziyat nazorat ostida"

Har ikki tomon ham yangi to‘qnashuvlarni boshlashda bir-birini ayblamoqda. Iyul oyidagi besh kunlik janglarda o‘nlab odamlar halok bo‘lgan edi. AQSH, Xitoy va Malayziya o‘sha paytda sulh tuzilishiga erishgan, biroq u uzoqqa bormadi.

Oktyabr oyida AQSH Prezidenti Donald Tramp Kuala-Lumpurda Tailand va Kambodja o‘rtasidagi sulhni uzaytirish bo‘yicha kelishuvdan so‘ng yangi savdo bitimlarini ilgari surgan edi. Biroq Tailand keyingi oyda ushbu kelishuvni to‘xtatib qo‘ydi.

Dushanba kuni Tramp Kambodja va Tailand o‘rtasidagi mojaroga butun dunyo bo‘ylab o‘zi "hal qilgan" sakkizta urushdan biri sifatida yana to‘xtalib o‘tdi. Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida jurnalistlarga bergan intervyusida: "Tailand o‘ziga kela boshladi. Bilasiz, Kambodja bilan qaytadan boshlashdi. Lekin menimcha, buni to‘xtatganimiz nuqtai nazaridan ancha yaxshi holatdamiz", — dedi.

Boxabar bo'ling!
Pokistonning Xaybar Paxtunxva viloyatida terakt sodir bo'ldi
Kongo Demokratik Respublikasida Eboladan vafot etganlar soni 3 ming 577 nafarga yetdi
Pokistonda masjid yaqinidagi portlashda 15 kishi halok bo‘ldi
Eron Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tishga uringan Togo bayrog‘idagi neft tankerini urganini ma’lum qildi
Tramp Polshada AQSH bazasini tashkil etish bo‘yicha muhim yutuqlarga erishilganini ma’lum qildi
Slovakiya Bosh vaziri Fitso Yevropa miqyosidagi harbiy mojaro haqida ogohlantirdi
G'azoda Isroil vayron qilgan mahalladan 12 kishining jasadi topildi
Pentagon Yevropadagi AQSh qo'shinlari sonini 40 ming kishiga qisqartirmoqchi
Rossiyaga oid IHT Ukrainaga ketayotgan kemaga hujum qildi
OpenAI sun'iy intellekt modellarining xavfsizlik choralarini buzgan qanday holatlarni e'lon qildi?
Rossiya va Ukraina o'zaro hujumlar orqali muhim ob'yektlarga zarba berdi
Aroqchi Xitoy tashrifidan so‘ng: Bugun qabul qilingan qarorlar strategik muvozanatni belgilaydi
Janubiy Koreya va Fransiya uch yillik tanaffusdan so‘ng ilk qo‘shma havo mashg‘ulotini o‘tkazdi
Kanada Buyuk Britaniya boshchiligidagi Qo‘shma ekspeditsiya kuchlariga qo‘shilish uchun ariza berdi
Isroil va Marokash iqtisodiy hamkorlik hamda diplomatik aloqalarni kengaytirishga qaror qildi
Yevropa Ittifoqi bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini cheklamoqchi
Rossiya shimolidagi Xatanga qo‘ltig‘iga 200 tonna dizel yoqilg‘isi to‘kildi
Saudiya Arabistoni Makka yaqinida Husiylar dronini urib tushirdi
Los-Anjelesda vertolyot halokati uch kishining hayotiga zomin bo'ldi
Kim Putinga Rossiyani «qat’iy qo‘llab-quvvatlashga» va’da berdi