TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an: Turkiyani sun'iy intellekt davrining yetakchi mamlakatlaridan biriga aylantiramiz
Prezident Erdo‘g‘an Tersane Istanbulda uyushtirilgan «Turkiya Sun’iy intellekt sammiti»da muhim bayonotlar berdi.
Erdo‘g‘an: Turkiyani sun'iy intellekt davrining yetakchi mamlakatlaridan biriga aylantiramiz
_

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Tersane Istanbulda uyushtirilgan «Turkiya Sun’iy intellekt sammiti»da muhim bayonotlar berdi. Raqamli salohiyat to‘xtatuvchi va kuchni bir necha barobar oshiruvchi omil ekanini ta’kidlagan Erdo‘g‘an 2026 - 2030 yillarni qamrab oluvchi «Turkiya Sun’iy intellekt harakat rejasi»ni jamoatchilikka taqdim etdi.

«Sun’iy intellekt taqdim etayotgan imkoniyatlardan foydalangan holda Turkiya asrida buyuk va qudratli Turkiyani raqamli sohada ham barpo etishga qat’iy bel bog‘laganmiz», — degan Prezident reja «Angla, foydalan, yarat va boshqar» kabi 4 asosiy yo‘nalish ustiga qurilganini bildirdi.

Reja doirasida ikki yil ichida 5 million nafar fuqaroga sun’iy intellekt savodxonligi bo‘yicha ta’lim beriladi, 10 ming nafar yuqori malakali mutaxassis tayyorlanadi hamda davlat ma’lumotlar to‘plamlari milliy ma’lumotlar kutubxonasi orqali foydalanishga ochiladi. Shuningdek, 2030 - yilgacha ma’lumotlar markazlarining umumiy quvvati kamida 1 gigavattga yetkaziladi.

Bundan tashqari, TUBITAK - ning «Bilge» modeli hamda T3 Foundation, Baykar va HAVELSANning ishlari asosida turk tilidagi katta til modeli (LLM)ni yaratish bo‘yicha sa’y -harakatlar izchil davom ettiriladi.

Prezident Erdo‘g‘an sun’iy intellekt infratuzilmalariga kamida 10 milliard AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ ajratilishi hamda Turk Davlatlari Tashkiloti bilan hamkorlikda «Turk tillari katta til modeli» ishlab chiqilishini ma’lum qildi. U iqtisodiy maqsadni:

«Turkiya Sun’iy intellekt harakat rejasi orqali safarbar etiladigan resurslar yaratadigan qo‘shimcha qiymati 1 trillion liradan oshishini kutmoqdamiz. Turkiyani sun’iy intellekt davrining yetakchi davlatlari qatoriga, inshoolloh, barchamiz birgalikda olib chiqamiz. Turkiya asrini ayni paytda raqamli ishlab chiqarish asriga ham aylantiramiz» - degan so‘zlar bilan izoh etdi.