G'AZODA URUSH
2 daqiqa o'qish
Misr Isroildan G‘azodan chiqib ketishi va Rafoh darvozasini ochishini talab qildi
Misr Tashqi Ishlar vaziri Badr Abdulatiy bugun Qohirada AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Kristofer Landau bilan uchrashdi.
Misr Isroildan G‘azodan chiqib ketishi va Rafoh darvozasini ochishini talab qildi
_
25 январ 2026

Misr Tashqi Ishlar vaziri Badr Abdulatiy yakshanba kuni (25.01.2026) Isroilning G‘azodan chiqib ketishi va o‘tgan yili erishilgan sulh kelishuvi doirasida Rafoh chegara darvozasi qayta ochilishini talab qildi.

Abdulatiy bu chaqiruvni Qohirada AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Kristofer Landau bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv paytida qayd etdi. Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy voqealar muhokama qilindi.

Misr Tashqi Ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra tomonlar Misr va AQSh o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek siyosiy va iqtisodiy sohalarda ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar. Muzokaralarda, shuningdek; G‘azo, Sudan, Afrika Shoxi va Misrning suv xavfsizligi masalalari muhokama qilindi.

Abdulatiy, Misr, AQSh Prezidenti Donald Tramp tashabbusi bo‘lgan «Tinchlik kengashi»ga qo‘shilishini mamnuniyat bilan qarshi olganini bildirdi. Kengash nizomiga ko‘ra ushbu tuzilma barqarorlikni rag‘batlantirish, yaxshi boshqaruv va qonun ustuvorligini tiklash ham - da mojarodan ziyon ko‘rgan yoki tahdid ostidagi hududlarda barqaror tinchlikni ta’minlashni ko‘zlaydi.

Rafoh chegara darvozasining qayta ochilishi

Abdulatiy G‘azo bo‘yicha rejaning ikkinchi bosqichida nazarda tutilgan majburiyatlarni amalga oshirish muhimligiga e’tibor qaratib, G‘azoni boshqaradigan milliy qo‘mitani qo‘llab - quvvatlash va sulhni nazorat qilish uchun xalqaro barqarorlashtiruvchi kuchni tez fursatda joylashtirish zarurligini ta’kidladi.

Bayonotda G‘azo va Misr o‘rtasidagi Rafoh chegara darvozasining ikki tomonlama qayta ochilishi ham - da Isroilning G‘azodan chiqib ketishi, erta tiklanish va qayta qurish jarayoniga yo‘l ochishi mumkinligi qayd etildi.

Isroil Harbiy radiosi yakshanba kuni (25.01.2026) Vashington Rafoh chegara punktini qayta ochish masalasida Binyamin Netanyaxu bilan kelishuvga erishganini ma’lum qildi. Isroilning Walla axborot sayti esa nomi tilga olingan darvoza hafta davomida ochilishi rejalashtirilayotganini xabar qildi.

Eslatib o‘tamiz 2023 - yilning oktabr oyidan beri Isroil armiyasining G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlari oqibatida falastinlik 71 ming nafardan ortiq inson halok bo‘ldi; 171 ming nafardan ortiq inson esa tan jarohati oldi. Eng yomoni, halok bo‘lganlarning ko‘pchiligi ayollar va yosh bolalardn iborat.