Misr matbuoti xabariga ko‘ra Misrning Qizil dengiz bo‘yidagi Sharm ash - Shayx shahrida sodir bo‘lgan yo‘l - transport hodisasida qatarlik uch diplomat halok bo‘lgan.
Bugun (12.10.2025) ertalab Qatar delegatsiyasining mashinasi Janubiy Sinaydagi asosiy yo‘lda ketayotib halokatga uchragan va unda yana ikki diplomat jarohat olgan.
Halok bo‘lgan diplomatlar Sharm al - Shayx xalqaro kasalxonasida joylashgan o‘likxonaga olib ketilgan, jarohatlanganlar esa kasalxonaga yotqizilgan.
Sharm al - Shayxda dushanba kuni prezident Abdulfattoh as - Sisi va amerikalik hamkasbi Donald Tramp hamraisligida Gʻazo boʻyicha xalqaro sammit boʻlib oʻtadi. Unda dunyoning 20 dan ortiq davlati nomidan davlat liderlari ishtirok etishishi kutilmoqda.
Misrning prezidentlik apparati tomonidan berilgan bayonotda qayd etilishicha sammitning maqsadi G‘azodagi urushni to‘xtatish, Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y - harakatlarni kuchaytirish hamda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikning yangi bosqichini boshlashdir.