AQShda joylashgan inson huquqlari tashkiloti payshanba kuni bergan bayonotida Eronda davom etayotgan norozilik namoyishlarida halok bo‘lganlar soni 2 677 nafarga yetganini ma’lum qildi.
HRANA ma’lumotiga ko‘ra, iqtisodiy sharoitlardan kelib chiqqan norozilik sabab yuzaga kelgan va hanuz davom etayotgan namoyishlar davomida 19 097 nafar kishi qo‘lga olingan.
Eron rasmiylari hozirgacha namoyishlar chog‘ida halok bo‘lgan yoki jarohatlanganlarning umumiy soni bo‘yicha hech qanday rasmiy ma’lumot bermadi.
Norozilik namoyishlari 28-dekabr kuni poytaxt Tehronda boshlandi. Savdogarlar, tijoratchilar va kichik biznes egalari inflyatsiyaning keskin oshishi, rial kursining qadrsizlanishi hamda yomonlashib borayotgan iqtisodiy sharoitlarga qarshi ish tashlash va namoyishlar o‘tkazdi.
Keyinchalik namoyishlar ko‘plab shaharlarga tarqaldi va ishchilar, talabalar hamda jamiyatning boshqa qatlamlari ishtiroki bilan hukumatga qarshi tus oldi.









