Kecha kechqurun (27.09.2025) Hindistonning janubida joylashgan Tamil Nadu mintaqasining Karur shahrida uyushtirilgan siyosiy mitingda ro‘y bergan tiqilinchda kamida 36 kishi jon berdi.
Hindiston Sog‘liqni saqlash vaziri Ma Subramanianning Press Trust of Indiaga bergan bayonotiga ko‘ra jon berganlardan tashqari 45 nafardan ortiq inson tan jarohati olgan va ular hozirda davolanmoqda.
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi ushbu voqeani «siyosiy miting paytida yuz bergan achinarli hodisa» deb baholadi va hamdardlik bildirdi.
Modi «X» platformasida qoldirgan postda: «O‘z yaqinlarini yo‘qotgan oilalarga chuqur hamdardlik bildiraman. Ular uchun bu og‘ir damlarda kuch - quvvat tilayman. Tan jarohati olganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilab qolaman», - dedi.