SPORT
1 daqiqa o'qish
Lamin Yamalning Falastinni qo‘llab - quvvatlashi muxlislari tomonidan olqishlandi
Ispaniyalik superyulduz Lamin Yamalning Falastinni qo‘llab - quvvatlashi, muxlislari tomonidan katta olqish va xursandchilik bilan qarshi olindi.
Lamin Yamalning Falastinni qo‘llab - quvvatlashi muxlislari tomonidan olqishlandi
_

Ispaniyalik superyulduz Lamine Yamal, Barselonaning La liga chempionligini nishonlash marosimida Falastin bilan birdamlik namoyish qilgani uchun futbol muxlislari tomonidan katta olqish oldi.

Dushanba kuni (11.05.2026) internetda keng tarqalgan bir nechta videolavhada 18 yoshli futbolchining ochiq tomli avtobusdan Falastin bayrog‘ini hilpiratgani va jo‘shqin muxlislar olqishiga sazovor bo‘lgani kuzatildi.

Barselonada o‘tkazilgan chempionlik marosimi paytida o‘n ming nafarlab inson futbolchilarni kutib olish uchun ko‘chalarga chiqdi.

Barselona jamoasi yakshanba kuni azaliy raqibi Real Madrid ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonar ekan; La liga’dagi 29 - chempionligini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, liga chempioni ikkinchi bor al - Klasiko bahsidan keyin aniqlandi.

2023 - yilning oktabr oyida G‘azoda boshlangan genotsid ortidan, Barselona, Ispaniyada Falastinni qo‘llab - quvvatlagan faollarning muhim markazlaridan biriga aylandi.

Shahar, shuningdek, keng ko‘lamli va muntazam Falastin tarafdori namoyishlarga mezbonlik qildi hamda hududga qo‘yilgan blokadani yorib o‘tishga urinayotgan yordam flotiliyasi uchun yo‘lga chiqish nuqtasi vazifasini bajardi.