TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Fidan Ho‘rmuz bo‘g‘ozining kemalar harakatiga ochiq turishining ahamiyatiga e'tibor qaratdi
Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan Moskvada rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan birgalikda matbuot anjumani uyushtirdi.
Fidan Ho‘rmuz bo‘g‘ozining kemalar harakatiga ochiq turishining ahamiyatiga e'tibor qaratdi
_

Turkiya Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan rasmiy tashrifi doirasida Rossiya poytaxti Moskva shahrida.

Hakan Fidan Moskvada Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi. Ikki vazir delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralar ortidan matbuot anjumanida bayonot berdi.

Hakan Fidan unda: «Turkiya bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro ishonchga asoslanadi. Ikki tomonlama hamkorligimiz ijobiy yo‘nalishda davom etmoqda. Biz ko‘plab masalalar yuzasidan fikr almashish imkoniga ega bo‘ldik. Beshinchi yiliga kirgan Ukraina urushini tinch yo‘llar bilan yakunlash borasidagi istagimizni yetkazdik» - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Shuningdek, Hakan Fidan Anqaraning «muzokaralar bosqichiga mezbonlik qilishga tayyor ekanini» ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, Eron va Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bilan bog‘liq vaziyatga ham to‘xtalgan holda mavzu haqida:

«Eron bilan AQSh o‘rtasidagi kelishuv ustidan yakuniy imzolar qo‘yilguniga qadar davom etadigan nozik jarayonda Isroilning ehtimoliy sabotaj urinishlaridan tiyilishi nihoyatda muhimdir. Ho‘rmuz bo‘g‘ozining urushdan oldin bo‘lganidek erkin va uzluksiz ravishda kemalar harakati uchun ochiq bo‘lib qolishi hayotiy ahamiyatga ega» - dedi.