SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
Britaniya Tramp tashrifi ortidan Falastinni rasman tan oladi
Bosh vazir Keir Starmer iyul oyida Isroil aniq qadamlar tashlamagudek bo‘lsa Buyuk Britaniya sentabr oyida Falastin davlat mustaqilligini tan olishini ma'lum qilgandi.
Britaniya Tramp tashrifi ortidan Falastinni rasman tan oladi
18 сентябр 2025

Buyuk Britaniya AQSh Prezidenti Donald Trampning rasmiy tashrifi ortidan shu hafta oxirida Falastin davlatini rasman tan oladi. Bu haqida hukumatdagi manbalarga tayangan holda The i Paper gazetasi ma’lumot bo‘lishdi.

Joriy yilning iyul oyida Bosh vazir Keir Starmer, agar Isroil G‘azodagi gumanitar vaziyatni hal qilish bo‘yicha muhim qadamlar tashlamagudek bo‘lsa unda sentabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida Falastin davlatini tan olishlarini bildirgan edi.

Bu bayonot Trampning Buyuk Britaniya tashrifidan keyingiga qoldirildi. Qayd etilishicha buning sababi Tramp bilan Davlat kotibi Marko Rubioning Isroil tomonidan G‘azoda uyushtirilgan quruqlik hujumini kuchli qoʻllab - quvvatlashi ortidan Vashington bilan bo‘lgan ziddiyatning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik ekani izoh etildi.

Bosh vazirning matbuot xizmati kotibi, e’tirofdan maqsad ikki davlat asosidagi yechimining hayotiyligini himoya qilish ekanini bildirdi.

Matbuot kotibi shuningdek: «Davlatchilik huquqi Falastin xalqining ajralmas huquqidir va biz ikki davlat qarorining hayotiyligini himoya qilish uchun bu huquqni aniq bayon qilishimiz zarurdir», - dedi.

O‘tgan yili Irlandiya, Norvegiya va Ispaniya Falastinni rasman tan olgan 147 davlat ro‘yhatiga qo‘shildi.

Fransiya ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi chogʻida Falastin davlatini tan olish rejasini eʼlon qilib, G - 7 tarkibidagi birinchi davlat boʻldi. G - 7 dunyoning yetakchi sanoatlashgan va demokratik davlatlardan tashkil topgan norasmiy forumdir.