DUNYO
1 daqiqa o'qish
Rossiya Ukraina portlariga hujum uyushtirishni davom ettirmoqda
Rossiya armiyasi Ukraina portlariga qarshi hujum uyushtirishni davom ettirayotgani bildirildi.
Rossiya Ukraina portlariga hujum uyushtirishni davom ettirmoqda
_

Vazirlik tomonidan berilgan bayonotda Rossiya armiyasi Ukrainaning portlariga qarshi hujum uyushtirishni davom ettirayotgani bildirildi.

Bayonotda armiya tomonidan foydalanilayotgan Odessa va Chornomorsk portlaridagi harbiy mulk, yoqilg‘i va moy omborlari hamda yuk ortish - tushirish inshooti nishonga olingani qayd etildi. Shuningdek, Odessa portining shimoli - sharqida joylashgan Belyari va Novoye Belyari aholi punktlaridagi yoqilg‘i tanklariga ham zarba berilgani ma’lum qilindi.

Bayonotda hujumlar chog‘ida havodan va quruqlikdan yuqori aniqlikdagi qurollar hamda insonsiz havo transportlari qoʻllangani ta’kidlandi.