TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Prezident Erdo‘g‘an rasmiy tashrif bilan Vashingtonda
Prezident Erdo‘g‘an Vashingtonda AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Prezident Erdo‘g‘an rasmiy tashrif bilan Vashingtonda
Prezident Erdo‘g‘an Vashingtonda.
2 соат олдин

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish uchun Vashingtonga tashrif uyushtirdi.

Tramp Erdo‘g‘anni bugun (25.09.2025) Oq uyda mehmon qiladi va tomonlar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar bilan mintaqaviy mavzular qo‘lga olinadi.

Ikki davlat rahbarining savdo, sarmoya va mudofaa sanoatini muhokama qilishi kutilmoqda.

Erdo‘g‘an avvalgi bayonotida, «Prezident Tramp bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvimiz dunyo tinchligi borasidagi mushtarak ko‘z qarashimiz doirasida mintaqamizdagi urush va to‘qnashuvlarning to‘xtashiga ulkan hissa qo‘shishi va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashiga ishonchim komil», - degan ifodalarga o‘rin bergandi.

Erdo‘g‘an BMT Bosh assambleyasining bu yilgi sessiyasida ishtirok etish uchun avvalom bor Nyu – Yorkda bo‘lar ekan, shu doirada seshanba kuni (23.09.2025) Tramp va uning rafiqasi Melaniya Tramp tomonidan davlat rahbarlari va ularning turmush o‘rtoqlari sharafiga uyushtirilgan ziyofatga qatnashgandi.

Erdo‘g‘an yana seshanba kuni Tramp bilan birgalikda Bosh assambleya yig‘ilishlari doirasida G‘azo haqidagi ko‘p tomonli yig‘ilishda ishtirok etdi.

Yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuv haqida hech qanday ma’lumot berilmadi ammo Erdo‘g‘an yig‘ilishdan keyin uchrashuvlarning samarali o‘tganini bildirib, bundan mamnun ekanini ifoda etdi.

Erdo‘g‘an Nyu - Yorkdagi turk diplomatik qarorgohi hisoblangan Turklar uyi oldida ham jurnalistlarga: «Biz juda samarali va yoqimli uchrashuvni tamomladik. Uning natijalari hayrli bo‘lsin», - degan edi

Erdo‘g‘an Vashingtondagi safari davomida AQSh prezidentining rasmiy mehmonxonasi Blair Hausda qoladi.