Bayrut rahbariyati, Isroilning Livan daxlsizligini ochiqchasiga buzganini aytib, buni qoralaganidan so‘ng, Isroil qo‘shini uzoq davom etadigan harbiy harakat haqida ogohlantirib, Livanda quruqlikdagi hujumlarini kengaytirganini bildirdi.
Yakshanba kuni Isroil kuchlariga Hizbullohning Litani daryosidan o‘tish uchun foydalanadigan ko‘priklarini yo‘q qilish buyrug‘i berildi; Livan rasmiy matbuoti ham o‘lkaning janubida Isroil hujumlari bo‘layotganini xabar qildi.
General-leytenant Eyal Zamir o‘z chiqishida: "Hizbulloh qo‘poruvchilik to‘dasiga qarshi amaliyot endigina boshlandi... Bu uzoq davom etadigan ish. Endi nishonga qaratilgan quruqlikdagi amallar va hujumlarni reja asosida olg‘a surishga tayyorlanyapmiz," dedi.
Yakshanba kuni qilingan boshqa bir bildirishda, harbiy vakil brigada generali Effi Defrin, quruqlikdagi harbiy harakatning kengayishi kelgusi hafta boshlanishini aytdi.
"Quruqlikdagi bostirib kirishning darakchisi"
Livan Prezidenti Jozef Aun bundan oldin, ko‘prik hujumlari "xavfli keskinlik va Livan daxlsizligining ochiqchasiga buzilishi ekani hamda quruqlikdagi harbiy harakatning darakchisi hisoblanishi" haqida ogohlantirgan edi.
Isroil qo‘shini, "Hizbullohchilarning Livanda Litani daryosining shimolidan janubiga o‘tish uchun foydalanadigan yo‘lini urganlarini" ma’lum qildi.
Livanning davlat tarqatuvchi organi National News Agency (NNA) xabariga ko‘ra, Sur yaqinidagi ko‘prikka qilingan 3 ta hujum "katta zarar keltirdi va ko‘prikni yaroqsiz holga keltirdi". Agentlik keyinchalik 4-hujum ham bo‘lganini bildirdi.
NNA hujumlarning "ko‘prik yonidagi elektr tarmoqlariga zarar yetkazganini, shuningdek, do‘konlarda, meva bog‘larida va sayilgohlarda jiddiy buzilishlar hosil qilganini" aytdi.
Aun, "Litani daryosidagi ko‘priklarning nishonga olinishi... Litani janubidagi yerlar bilan Livanning qolgan hududlari orasidagi bog‘liqlikni uzishga qaratilgan urinishdir", deb ta’kidladi.
NNA, shuningdek, Isroil kuchlarining chegara yaqinidagi Taybe qo‘rg‘onida "ko‘plab uylarni portlatib yuborganini" xabar qildi.
Isroil, yakshanba kuni erta tongda Livandan otilgan raketa hujumida bir fuqaro o‘lganini aytgan edi, biroq keyinchalik "voqeaning Isroil mudofaa kuchlari askarlari tomonidan ochilgan o‘t bilan bog‘liqligini" tekshirayotganini bildirdi.
















