TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Anqara NATOning 36 - sammitiga mezbonlik qiladi
Turkiya NATO Sammitiga 2004 – yili Istanbulda mezbonlik qilar ekan, bu yil, «noaniqliklar davri» deb nomlangan bir paytda dunyo yetakchilarini qabul qiladi.
Anqara NATOning 36 - sammitiga mezbonlik qiladi
_

Poytaxt Anqara mezbonligida o‘tkaziladigan NATOning 36 - davlat va hukumat rahbarlari sammiti, ittifoq hamda global xavfsizlik tizimining kelajagi nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.

Anqara sammiti dunyo yetakchilarini qabul qilish bilan birga, Turkiyaning NATO doirasidagi ortib borayotgan diplomatik nufuzini namoyon etuvchi muhim maydonga aylanishi kutilmoqda.

Sammit davomida Turkiyaning harbiy salohiyati, mudofaa sanoati, inqirozlarni boshqarish imkoniyatlari va yetakchilik diplomatiyasi bir vaqtning o‘zida namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Sammit kun tartibining asosiy mavzularidan biri mudofaa xarajatlari va mas’uliyatni a’zo davlatlar o‘rtasida adolatli taqsimlash masalasi bo‘ladi.

Anqarada AQSh Prezidenti Donald Tramp boshchiligida 32 davlat rahbari, shuningdek, tashqi ishlar va mudofaa vazirlari bir joyga to‘planadi.

Sammitda NATOga a’zo davlatlar bilan bir qatorda AP4 guruhi — Avstraliya, Yaponiya, Yangi Zelandiya va Janubiy Koreya ham ishtirok etadi. Shu tariqa, Yevro - Atlantika va Hind - Tinch okeani mintaqalarining xavfsizlik masalalari bir maydonda muhokama qilinadi.

Mudofaa sanoati forumi

So‘nggi uch - to‘rt yil davomida NATO sammitiga qo‘shimcha tadbir sifatida tashkil etib kelingan Mudofaa sanoati forumi ilk bor sammitning rasmiy dasturiga kiritiladi.

Shuningdek, 2004 - yili Istanbulda bo‘lib o‘tgan NATO sammitida yo‘lga qo‘yilgan Istanbul hamkorlik tashabbusi doirasida Qatar, Bahrayn, Quvayt va Birlashgan Arab Amirliklari ishtirokida tashqi ishlar vazirlari darajasida maxsus yig‘ilish uyushtiriladi. Unda NATO – Istanbul hamkorlik tashabbusi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.