TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Hakan Fidan Isroil va AQSh - Eron voqeasi ustidan diplomatik muzokara olib bordi
Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan Isroil va AQSh - Eron voqeasi ustidan bir necha diplomatik muzokara olib bordi.
Hakan Fidan Isroil va AQSh - Eron voqeasi ustidan diplomatik muzokara olib bordi
_
3 соат олдин

Manbalarga ko‘ra Turkiya Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan so‘nggi uch kun ichida AQSh va Isroilning Eronga qarshi uyushtirgan hujumlari va Tehronning javob tariqasidagi harakatlari paytida bir necha diplomatik muzokara olib bordi.

Joriy yilning 28 - fevrali kuni AQSh va Isroilning Eronga qarshi uyushtirgan qo‘shma hujumlari ortidan Hakan Fidan Eron, Iroq, Saudiya Arabistoni, Qatar, Suriya, Misr va Indoneziya Tashqi Ishlar vazirlari bilan voqealar va hujumlarni to‘xtatish masalalarini muhokama qildi.

Xuddi shu kuni u Birlashgan Arab Amirliklari (BAA), Ispaniya va Vengriya Tashqi Ishlar vazirlari bilan ham hududiy zarbalarni muhokama qilish maqsadida telefon orqali alohida - alohida muloqot qildi.

Yevropa ittifoqi Tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Kaja Kallas bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda Hakan Fidan, mintaqadagi keskinlashuvni baholadi. Ikkalasi ham mojaroni to‘xtatishni ko‘zlagan diplomatik tashabbuslarni muhokama qildi.

Yakshanba kuni (01.03.2026) Hakan Fidan Eron Tashqi Ishlar vaziri Abbos Aroqchi bilan Erondagi oxirgi vaziyat ustidan fikr almashdi. U shuningdek mintaqaviy inqirozni hal etish borasidagi sa’y - harakatlar doirasida Ummon Tashqi Ishlar vaziri Badr al - Busaydiy bilan ham gaplashdi.

Hakan Fidan dushanba kuni (02.03.2026), mintaqadagi mojarolarni yakunlash borasidagi sa’y - harakatlarni muhokama qilish uchun Ozarbayjon Tashqi Ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qildi. U shuningdek Bolgariya Tashqi Ishlar vaziri Nadezhda Neynsky bilan ham mintaqaviy mojarolarning o‘zaro ta’sirlarini ko‘rib chiqdi.

Fransiya Tashqi Ishlar vaziri Jean - Noel Barrot bilan bo‘lgan suhbatda Hakan Fidan, mintaqadagi voqealarni batafsil muhokama qildi. Suhbatlarda taranglikni kamaytirish va hujumlarni to‘xtatishga qaratilgan aniq choralar haqida fikr almashildi.

Fidan shuningdek iordaniyalik hamkasbi Ayman Safadiy bilan ham telefon orqali gaplashdi. Munozara mintaqadagi so‘nggi voqealarning siyosiy, xavfsizlik va gumanitar jihatlarini o‘z ichiga oldi; asosiy e’tibor hujumlarni to‘xtatish, taranglikni kamaytirish va tegishli tomonlar bilan diplomatik sa’y - harakatlarni kuchaytirishga qaratildi.