Eronning diniy lideri Mujteba Xamaney, otasi va sobiq diniy lider Ali Xamneyning o’ldirilishi ustidan qasos olishini va bu holat xalqning talabi ekani, shu bois ham uning albatta bajarilishi kerakligini qayd etdi.
Eronning RIB axborot agentligi xabariga ko’ra bu so'zlar marhum oliy diniy lider uchun uyushtirilgan dafn marosimida berilgan bayonotlar paytida qayd etildi.
Ma’lum qilinishicha Mujteba Xamaney mavzu haqidagi bayonotida: "Biz sizning begunoh qonlaringiz va bu ikki urushdagi barcha shahidlarning qasosini jinoyatchi va nomard qotillardan olishga ahd qilamiz" - der ekan ayni vaqtda bu masala shaxsining yoki boshqa biror bir eronlik rasmiylaridan birining xohishi bilan bog'liq emasligini qayd etgan.
Ali Xameney payshanba kuni Eronning shimoli - sharqidagi Mashhad shahridagi Imom Rezo maqbarasida tuproqqa berildi, shu tariqa bir haftalik dafn marosimlari ham o’z nihoyasiga yetdi.
U 28 - fevralda boshlangan AQSh va Isroil zarbalari oqibatida o'ldirilgan; keyinchalik Eron mazkur masalasiga javob tariqasida hujumlar uyushtirgan.
"The Wall Street Journal"ning payshanba kungi xabariga ko'ra Isroil yaqinda AQShga Eronning AQSh Prezidenti Donald Trampni o'ldirish uchun yangi reja ishlab chiqqani haqida axborot bergan.
Juma kuni o'zining Truth Social platformasida bergan xabarida, Tramp agar uni o'ldirishga tashabbus ham qilingudek bo’lsa unda Eronni minglab raketalar orqali yer bilan yakson qilishga va'da berdi.
Joriy yilning iyun oyida Tehron bilan Vashington Pokiston o’rtamchiligida fevral oyi oxirida boshlangan urushni yakunlash va barqaror tinchlikka erishish yo'lini ochish maqsadida anglashuv memorandumi imzoladi.
Memorandum barcha jabhadagi janglarni darhol to'xtatishni, AQShning Eronga nisbatan dengiz blokadasini olib tashlashni va Ho’rmuz bo'g'ozini qayta ochishni talab qildi.
Kelishuvga qaramay ikki tomon bu hafta Ho’rmuz bo'g'ozi orqali tijorat kemalarining o'tishi masalasida bir - biriga qarshi hujumlar uyushtirdi.
AQSh Eron ichidagi nishonlarga zarba berdi, Eron esa mintaqa bo'ylab AQSh mulk va aktivlariga yana hujumlar yoki zarbalar bilan javob qaytardi.
















