DUNYO
2 daqiqa o'qish
Isroil otashkesimga qaramay Livanda yana o‘n kishi umriga zomin bo‘ldi
Isroil otashkesimga qaramay Livanda yana hujum uyushtirdi va oqibatida o‘n kishi umriga, 44 kishining sog‘ligiga zomin bo‘ldi.
Isroil otashkesimga qaramay Livanda yana o‘n kishi umriga zomin bo‘ldi
_

Isroil sulh kelishuvini yana buzgan holda Livanga qarshi hujum uyushtirdi va oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 44 kishi yaralandi.

Rasmiy axborot agentligining xabar berishicha, Isroilga tegishli insonsiz havo transporti Nabatieh shahridagi Husayniya klubi yaqinida avtomobilni nishonga olib, ikki bosqichli hujum uyushtirgan. Hujum tushdan oldin sodir bo‘lgan.

Xabarda aytilishicha, hujum natijasida oziq - ovqat yordamini olish uchun hududda bo‘lgan ikki kishi halok bo‘lgan, yana bir kishi yaralangan.

Hujum Nabatieh tez yordam xizmatiga qarashli uchta tez yordam mashinasiga ham ziyon yetkazgan, ulardan biri butunlay yaroqsiz holga kelgan.

Harouf qishlog‘idagi favqulodda yordam markaziga qarshi uyushtirilgan Isroil hujumi uch nafar feldsherning o‘limiga va yana bir kishining hayoti uchun xavfli darajada og‘ir yaralanishiga sabab bo‘ldi. Qishloqqa qarshi uyushtirilgan yana ikki hujumda esa to‘rt kishi yaralandi.

Livan Sog‘liqni Saqlash vazirligi uch nafar tibbiy xodimining o‘ldirilishini qoralab, bu hujum Isroilning tibbiy xodimlar va sog‘liqni saqlash muassasalariga qarshi hujum uyushtirishini taqiqlovchi xalqaro insonparvarlik huquqini ko‘rmaslikka olishi yoki nazar pisand qilmasligining dalili ekanini bildirdi.

Vazirlik hujumlarni yana bir bor qoralab, vahshiyona hujumlarga qarshi chora ko‘rishni davom etishini ma’lum qildi.

Isroil Tebnine qishlog‘iga qarshi uyushtirgan yana bir hujumda, ikki kishining o‘limiga sabab bo‘ldi.

Tire yaqinidagi Shabriha qishlog‘idagi sog‘liqni saqlash markazini nishonga olgan Isroil hujumi oqibatida 10 kishi yaralandi. Ularning ikki nafari ayol kishi, ikki nafari esa yosh bola bo‘lgan.

Tiredagi Maachouk hududiga qarshi uyushtirilgan havo hujumida esa 16 kishi tan jarohati olgan. Ularning bir nafari yosh bola, olti nafari ayol kishi bo‘lar ekan, ulardan tashqari bir nafar Kanada fuqarosi ham bo‘lgan.

Tire shahrida aholi zich yashaydigan hududga qarshi uyushtirilgan boshqa bir hujumda esa yetti kishi yaralandi. Ularning bir nafari yosh bola. Housh Tire hududidagi kvartirani nishonga olgan yana bir hujumda esa to‘rt kishi jarohat oldi.

Sulh buzilishlari

Isroilning ushbu hujumlari sulh yoki otashkesim yo‘lga qo‘yilganiga qaramay, AQSh o‘rtamchiligida Tashqi Ishlar vazirligida Isroil bilan Livan o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralarning uchinchi bosqichida sulh muddati yana 45 kunga uzaytirilganiga qaramay sodir bo‘ldi.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Isroilning yana bir insonsiz havo transporti hujumi Kfarreman qishlog‘ining sanoat hududi yaqinidagi g‘arbiy mahallasini nishonga olib, bir kishini yaralagan.

Isroil 2 - martdan buyon qariyb 3000 kishini o‘ldirdi, taxminan 9000 kishini yaraladi va 1,6 milliondan ortiq insonni o‘z uyini tark etishga majbur qildi.