Eron Parlamenti Raisi Muhammad Boqir Qolibof, AQSh Prezidenti Donald Trampning “urush boshlashi mumkinligini, ammo uning oxiri qanday bo‘lishini nazorat qila olmasligini,” ifoda etib, Tehron faqatgina “haqiqiy, majburan o‘tkazilmaydigan” muzokaralarga ochiq ekanligini urg'uladi.
Chorshanba kechasi CNN bilan o'tkazilgan intervyuda Muhammad Boqir Qolibof, “Muzokaralarga tayyormiz. Biroq bu Amerika prezidenti qidirayotgan turdagi muloqot ekanligiga ishonmaymiz” degan so‘zlarni ishlatdi.
Qolibof, Vashingtonni diplomatiyani kuch ishlatish orqali barbod qilishda ayblab, AQShning “Eron bilan o'tkaziladigan oltinchi raund muzokaralardan ikki kun oldin muzokara stolini bombardimon qilganini” bildirdi.
Aniq foydalar bo'lmasdan Eron muzokaralarga kirmasligini ta'kidlagan Parlament Raisi, “Eron xalqining iqtisodiy manfaatlari kafolatlanmaguncha muzokaralar bo'lmaydi. Biz diktovkani muzokara deb hisoblamaymiz” shaklida gapirdi.
‘Stolga keling’
Qolibof shuningdek, harbiy bosim ostida olib boriladigan suhbatlar taranglikni yanada oshirishi haqida ogohlantirib, shunday dedi: “Urush soyasidagi muzokaralar taranglikni kuchaytiradi. Agar Tramp Nobel Tinchlik mukofotini istasa, atrofidagi urush targ'ibotchilari va taslim bo'lish himoyachilaridan uzoq turishi kerak,”
Bu so'zlar, Trampning “katta flot” Eron tomon yo'l olayotgani haqidagi so'nggi bayonoti va Tehronga qilgan “stolga o'tiring” chaqirig'idan so'ng yangradi.
Eronlik rasmiylar esa urush va qasos ogohlantirishlari bilan javob qaytardi va Tehronning faqatgina adolatli va majburlovsiz sharoitlar ostida muzokaralarga ochiq ekanligini yana bir bor ta'kidladi.
Eron, 28 dekabrdan beri Tehron Katta Bozorida Eron rialining tez qadrsizlanishi va yomonlashgan iqtisodiy sharoitlar tufayli boshlangan namoyishlar to'lqini bilan larzaga keldi. Namoyishlar keyinchalik bir necha shaharga tarqaldi.
Rasmiylar, AQSh va Isroilni tashqi aralashuv uchun bahona yaratish maqsadida “qurollangan isyonchilarni” qo'llab-quvvatlashda aybladi va har qanday AQSh hujumi “tezkor va keng ko'lamli” javob qaytarilishiga sabab bo'lishi haqida ogohlantirdi.
















