SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
Hindiston bilan Ispaniya o‘zaro munosabatlarini mustahkamlamoqchi
Narendra Modi bugun Yangi Dehlida Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches bilan uchrashdi.
Hindiston bilan Ispaniya o‘zaro munosabatlarini mustahkamlamoqchi
_
10 соат олдин

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi chorshanba kuni (18.02.2026) Yangi Dehlida Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches bilan uchrashdi. Rasmiy bayonotga ko‘ra ikki yetakchi mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash niyatida.

Bu yilgi Sun’iy intellekt ta’siri sammiti uchun Hindistonga tashrif uyushtirgan Sanches, Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Randhir Jaysvalning X platformasidagi xabariga ko‘ra Modi bilan bir necha sohada keng ko‘lamli muzokaralar o‘tkazdi. Muzokaralar savdo va iqtisodiyot, raqamlashtirish, innovatsiya, sog‘liqni saqlash, iqlim bo‘yicha harakatlar hamda ta’lim kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Jaysvalning aytishicha, Modi, Ispaniyaning Hindiston – Yevropa ittifoqi munosabatlarini mustahkamlash borasidagi doimiy qo‘llab - quvvatlashidan mamnun ekanini bildirdi.

Ispaniya, Yevropa ittifoqi tarkibida Hindistonning oltinchi yirik savdo hamkori hisoblanadi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar savdosi hajmi 2024 - yili 9,32 milliard dollarga yetdi.

Modi, shuningdek, Finlyandiya Bosh vaziri Petteri Orpo bilan ham uchrashdi. Jaysvalga ko‘ra mazkur uchrashuvda barqarorlik va raqamlashtirish, sun’iy intellekt tadqiqotlari, etik innovatsiya hamda hind mutaxassislarining ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashdagi roli muhokama qilindi.

Ikki yetakchi mas’uliyatli va iste’dodga yo‘naltirilgan sun’iy intellektni rivojlantirish hamda barqaror kelajak uchun texnologiyaga asoslangan yechimlardan foydalanish borasidagi qat’iyatlarini yana bir bor tasdiqladi.