TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Turkiya bosib olingan G‘arbiy Sohildagi Isroil harakatini qoraladi
Turkiya, Isroilning, bosib olingan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan sa'y - harakatlarini keskin qoraladi.
Turkiya bosib olingan G‘arbiy Sohildagi Isroil harakatini qoraladi
_
19 феврал 2026

Turkiyaning BMTdagi vakili Isroilning bir tomonli qadamlarining bosib olingan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy o‘rnini mustahkamlashga qaratilganini ifoda etib, G‘azo sulhining to‘liq amalga oshirilishi va Isroilning G‘azodan to‘liq chiqib ketishini talab qildi.

Chorshanba kuni Falastindagi vaziyatga bag‘ishlangan BMT Xavfsizlik kengashining yuqori darajadagi yig‘ilishida so‘zga chiqqan Ahmet Yildiz, hammaning e’tibori G‘azodagi nozik sulhga qaratilgan bir paytda “bosqinchi kuch G‘arbiy Sohilda noqonuniy o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan bir tomonlama qadamlarni davom ettirmoqda”, - dedi.

Yildiz mavzu haqida shuningdek: “Turkiya 2803 - sonli Xavfsizlik kengashi qarori va AQSh Prezidenti Donald Trampning 20 banddan iborat rejasini ham o‘z ichiga olgan sulh kelishuvlarining to‘liq amalga oshirilishini talab qilmoqda”, - dedi.

Sulhni davom ettirish ko‘proq o‘limlarning oldini olish, insonparvarlik yordami, erta tiklanish sa’y - harakatlari hamda mazmunli siyosiy muloqot uchun hayotiy ahamiyatga ega ekanini ta’kidlagan Yildiz, takroriy hujumlar va insonparvarlik yordamiga qo‘yilgan cheklovlarni qoralab, G‘azoga kiradigan yordam hajmini sezilarli darajada oshirish va uning muammosiz yetib borishini ta’kidladi.

Yildiz tiklanish va qayta qurish jarayonini amalga oshirish uchun Isroilning G‘azodan to‘liq chiqib ketishi zarurligini ifoda etib, Turkiya qayta qurish ishlarida faol rol o‘ynashga tayyor ekanini bildirdi.

Bosib olingan G‘arbiy Sohil masalasida esa Anqaraning Isroil anneksiyasiga qarshi ekanini yana bir bor ta’kidlagan Yildiz: “Har qanday anneksiyaga qat’iyan qarshimiz,” - dedi va Isroilning G‘arbiy Sohildagi o‘rnini kengaytirishga qaratilgan bir tomonlama choralarini “xalqaro huquqning og‘ir buzilishi” deb baholadi.

Yildiz xalqaro hamjamiyat va Xavfsizlik kengashini huquqiy hamda axloqiy mas’uliyatlarini bajarishga chaqirib: “Kengash Isroilni bosib olingan G‘arbiy Sohilda keskinlikni kuchaytirishdan voz kechishga, sulh kelishuvlarini to‘liq amalga oshirishga va noqonuniy bosqinga barham berishga majbur qilishi kerak”, - dedi.

Elchi so‘zlarini: “G‘azodagi sulhdan keyin yuzaga kelgan ijobiy muhit ikki davlatli yechimga olib kelishi lozim. Turkiya bu sa’y - harakatlarda konstruktiv, mas’uliyatli va ishonchli hamkordir”, - deya tamomladi.

Boxabar bo'ling!
Erdoʻgʻan bilan Makron Erondagi otashkesim, Livan va Gʻazo haqida gaplashdilar
Erdo’g'on: Isroilning o'lim jazosi qarori Gitler siyosati bilan bir xildir
NATO mustahkam inqiroz boshqaruviga e’tibor qaratishi kerak
Turkiya dengiz burg‘ulash kemasi Somalida tarixiy missiyani boshladi
Gruziya-Ozarbayjon chegarasi yaqinida halokatga uchragan samolyotda portlovchi modda topilmadi
Turkiya Gretsiyani turk etnik xalqining diniy yetakchilari huquqlarini himoya qilishga chaqirdi
Turkiya AQSh bilan Eron o‘rtasida butunlay tinchlik o‘rnatish payida
Turkiyaning MRT mintaqada tinchlik o‘rnatish uchun faol ish olib bormoqda
Prezident Erdog‘an AQSH va Eron o‘rtasidagi sulhni olqishlab, barqarorlikka chaqirdi
Isroil - AQSh va Eron o‘rtasidagi urushni to‘xtatish yo‘llari muzokara qilindi
Istanbulda Isroil Bosh konsulligi oldida otishma sodir bo‘ldi
Erdo‘g‘an Isroilni Yaqin Sharqdagi tinchlik sa’y - harakatlarini buzishda aybladi
Turkiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasida yangi kelishuv
Hakan Fidan Damashqda Suriya va Ukraina prezidentlari bilan uchrashdi
Erdo’g‘an: Kelajakda neft uchun emas, suv uchun kurash olib boriladi
Erdo'g'an: Eronga qarshi urushning asosiy javobgari Isroil
Turkiya Isroilning falastinliklarni nishonga olgan o‘lim jazosini qoraladi
Kalin: Isroil, AQSh va Eronni o‘z ichiga olgan urush global inqirozga yo‘l ochishi mumkin
Fidan Eronga qarshi uyushtirilgan hujumlarning oqibatiga e'tibor qaratdi
Prezident Erdo‘g‘an Denis Bechirovichni rasmiy marosim bilan kutib oldi