Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan Qora dengizda kemalar harakati xavfsizligi Rossiya - Ukraina urushi sababli tobora kamayib borayotgani xavotirli ekanini ifoda etgan holda mavzu haqida: «Endi tomonlar mavjud harbiy tenglamani o‘zgartirish uchun ko‘proq va turli maqsadlarni nishonga olishga urinyapti» - dedi.
Hakan Fidan Chirag‘an saroyida Ozarbayjon Tashqi Ishlar vaziri Jayxun Bayramov va Gruziya Tashqi Ishlar vaziri Maka Botchorishvili bilan uyushtirilgan «X Turkiya - Ozarbayjon - Gruziya uch tomonlama tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi»dan keyingi qo‘shma matbuot anjumanida nutq so‘zladi.
U urush tobora geografik nuqtai nazardan kengayib borayotganiga ishora qilib, hozirda jang qilayotgan tomonlar ishlatayotgan qurol - yaroqlar Baltik davlatlari Estoniya, Litva, Latviya hududlarida ham kuzatilayotgani va Ruminiyaga ham ta’sir qilganini bildirdi.
Turk bo‘g‘ozlariga qadar minalar va insonsiz dengiz transportlari yetib kelgani kuzatilganiga e’tibor qaratgan Hakan Fidan, Gruziya ham xuddi shunday nishonga olinishi mumkinligiga guvoh bo‘lganliklarini qayd etdi.
«Qora dengizda kemalar harakati xavfsizligining kamayishi xavotirli»
O‘tmishda hech bo‘lmaganda muayyan mavzularda tomonlar ehtiyot bo‘lsin degan holda formulalar ishlab chiqilganini yodga solgan Fidan, Turkiya, Qora dengiz Don tashabbusini ilgari surgani va bu borada Prezident Erdo‘g‘an muhim ro‘l o‘ynaganiga e’tibor qaratdi.
Hakan Fidan bu tashabbus bir muddat amalga oshirilgani va tarixiy yutuq ekanini ifoda etgan holda: «Xuddi shunday, hozir Qora dengizda kemalar harakati xavfsizligi urushning kengayishi yuzasidan tobora pasayib bormoqda va bu holat barchamiz uchun xavotirlidir» - dedi.
Mavzuni kollektiv ravishda juda yaqindan kuzatayotganlari va tomonlar bilan doimiy muloqotda ekanliklarini ta’kidlagan Fidan, turk va boshqa harbiy bo‘lmagan kemalar nishonga olinmasligi muhimligini alohida qayd etdi.
U, jang maydonida nazoratdan chiqib ketgan insonsiz havo transportlari va raketalar hamda maqsadlarni tasniflash hamda aniqlashdagi noto‘g‘ri tushunishlar bunday tragediyalarga sabab bo‘lishi ham haqiqat ekanini o‘z so‘ziga ilova etdi.
Harakatda bo‘lgan - baliqchi qayig‘i bo‘ladimi yoki yuk tashuvchi kemalarmi - ularning tegishli idoralar bilan muvofiqlashtirib, hududiy suvlarda harakatlanishi juda muhim ekanini ta'kidlagan Hakan Fidan, bu yerda yaqin birdamlik va koordinatsiyaning zarurligini qayd etdi.
Turkiyaning ayniqsa mintaqaviy mas'uliyatni o‘z zimmasiga olish va mintaqaviy hamkorlik orqali barqarorlik hamda taraqqiyotni ta'minlashga alohida e’tibor berishini bildirgan Fidan, bu Erdo‘g‘an, preziden bo‘lib saylanganidan beri ilgari surgan mintaqaviy siyosat parametrlarining ustuvor jihatlaridan biri ekanini ta'kidladi.



















