TURKIYA
2 daqiqa o'qish
GSF kemalaridagi turk fuqarolarining Turkiyaga olib kelinishi kutilmoqda
«Global Sumud» insonparvarlik yordami flotiliyasiga tegishli kemalarda bo‘lgan turk fuqarolarining Turkiyaga olib kelinishi kutilmoqda.
GSF kemalaridagi turk fuqarolarining Turkiyaga olib kelinishi kutilmoqda
_

Turkiya rasmiylari Isroil xalqaro suvlarda qo‘lga olgan «Global Sumud» insonparvarlik yordami flotiliyasiga tegishli kemalarda bo‘lgan turk fuqarolari va dunyoning boshqa davlatlardan bo‘lgan faollarning bugun maxsus charter reys orqali Turkiyaga olib kelinishi kutilayotganini ma’lum qildi.

Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi O‘ncu Kecheli mavzu haqida «X» ijtimoiy tarmoq orqali bergan bayonotida: «Isroil kuchlarining Global Sumud flotiliyasiga qarshi xalqaro suvlarda amalga oshirgan noqonuniy aralashuvi natijasida ushlab qolingan fuqarolarimiz va boshqa ishtirokchilar Krit orolida quruqlikka chiqarildi» - dedi.

Kecheli, mavzu haqida shuningdek: «Afina elchimiz va konsullik xodimlarimiz hozir Kritda. Fuqarolarimiz va ba’zi boshqa davlat fuqarolarining bugun charter reys orqali Turkiyaga olib kelinishi kutilmoqda», -dedi.

Global Sumud flotiliyasi G‘azoga yo‘naltirilgan missiyasi davomida ushlab qolingan shaxslarning ozod qilinishi uchun hukumatlarni Isroilga bosim o‘tkazishga chaqirib, ikki faol hanuz hibsda ekanini bildirdi.

Guruh bayonotida aytilishicha, ushlab qolingan ishtirokchilarning ko‘pchiligi Kritda ozod qilingan ammo Thiago va Saif deb tanishtirilgan ikki kishi hanuz nazorat ostida.

Flot: «Barcha hukumatlardan Isroil rejimiga bosim o‘tkazib, noqonuniy tarzda olib ketilgan barcha shaxslarning ozod qilinishi uchun qo‘llaridan kelganini qilishlarini talab qilamiz» - dedi.

Isroil Tashqi Ishlar vazirligi payshanba kuni G‘azoga yo‘l olgan 20 dan ortiq kema xalqaro suvlarda to‘xtatilishi ortidan 175 nafar faol hibsga olinganini bildirgan edi.

G‘azoga insonparvarlik yordami olib ketayotgan flotiliya Isroil blokadasini yorib o‘tish va dengiz orqali insonparvarlik yo‘lagini ochishni maqsad qilgan.

Bu missiya Global Sumud flotiliyasining ikkinchi urinishidir. Avvalgi, 2025 - yil sentabridagi urinish Isroilning xalqaro suvlarda aralashuvi va yuzlab xalqaro faollarni ushlab qolishi bilan yakunlangan edi.

Isroil 2023 - yilning oktabr oyidan beri G‘azoga qarshi urush olib bormoqda. Urushda asosan ayollar va bolalardan iborat 72 ming nafardan ortiq falastinlik halok bo‘lgan, hudud infratuzilmasining taxminan 90 foizi vayron qilingan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti qayta tiklash xarajatini taxminan 70 milliard dollar deb baholamoqda.

Isroil, 2007 - yildan beri G‘azoga blokada qo‘llab kelmoqda.