SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
Tony Blair bilan Netanyaxuning yashirin ravishda uchrashgani aytilmoqda
Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Tony Blair bilan genotsidchi Netanyaxuning yashirin ravishda uchrashuv o‘tkazgani aytilmoqda.
Tony Blair bilan Netanyaxuning yashirin ravishda uchrashgani aytilmoqda
_
10 соат олдин

Binyamin Netanyahuning «G‘azodagi urushdan keyingi tartiblar» rejasi doirasida taxminan bir hafta oldin Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Tony Blair bilan yashirin ravishda uchrashuv o‘tkazgani xabar qilindi. Isroil OAVlari mazkur uchrashuv haqida kecha (06.12.2025) ma’lumot bo‘lishdi ammo uchrashuvning mazmuni borasida hech qanday izoh bermadi.

Mavzudan xabardor manbalar KAN davlat teleradiokompaniyasiga bergan bayonotida: «Blair, G‘azo sektoridagi ayrim hududlarning boshqaruvini Falastin ma’muriyatiga topshirishni taklif qiluvchi tashabbus ustida ishlamoqda. Bu tashabbus eng avvalo sinov muddati bilan boshlanadi, agar muvaffaqiyatli natija olingudek bo‘lsa unda doimiy shaklga o‘tadi». - deyildi.

KANning qayd etishicha, bu tashabbus «Falastin ma’muriyatida amalga oshiriluvchi islohotlarga bog‘liqdir».

Shuningdek, KAN: «Isroil xavfsizlik idoralari oxirgi bir necha kun ichida taklifni muhokama qildi va uni darhol rad etmadi; Blair rejani ilgari surish uchun bir nechta arab davlati bilan parallel ravishda muloqot olib bormoqda», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Hisobotda, Blair nomi yaqinda AQSh Prezidenti Donald Tramp boshchiligida G‘azoni boshqarish uchun kengash tashkil etish rejasi tuzilayotgan bir paytda kun tartibida kuzatilgan edi.

Eslatib o‘tamiz:

2023 - yilning oktabr oyidan beri Isroil G‘azoda 70 ming nafardan ortiq inson umriga, taxminan 171 ming nafar insonning esa sog‘ligiga zomin bo‘ldi. Eng yomoni, halok bo‘lganlarning ko‘pchiligi ayollar bilan yosh bolalar ekani aytilmoqda.