DUNYO
2 daqiqa o'qish
Shohboz Sharif: AQSh bilan Eron otashkesim masalasi ustidan kelishib oldi
Shohboz Sharif, AQSh bilan Eron otashkesim masalasi ustidan kelishib olgani va muzokaralar juma kuni Islomobodda bo‘lib o‘tishini ma'lum qildi.
Shohboz Sharif: AQSh bilan Eron otashkesim masalasi ustidan kelishib oldi
_
14 соат олдин

Pokiston Bosh vaziri Shohboz Sharif AQSh va Eron, har ikki davlat ham o‘z ittifoqchilari bilan birga Livan hamda barcha mojaro hududlarida darhol o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qildi.

Sharif mavzu haqida chorshanba kuni (08.04.2026) erta tongda «X» ijtimoiy tarmoq orqali bergan bayonotida: «Chuqur kamtarlik bilan Eron Islom Respublikasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘z ittifoqchilari bilan birgalikda, Livan va boshqa hududlar hamda barcha joylarda darhol kuchga kiradigan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qilishdan mamnunman» - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Sharif o‘z so‘zida: «Har ikki tomon ham favqulodda donolik va o‘zaro tushunish bilan tinchlik va barqarorlikni ilgari surish yo‘lida konstruktiv tarzda ishlashda davom etdi» - dedi.

Pokiston Bosh vaziri, shuningdek, barcha masalalarni hal etish bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishish maqsadida AQSh va Eron delegatsiyalarini juma kuni Islomobodga muzokaralarga taklif qilganini bildirdi.

Sharif: «Islomobod muzokaralari barqaror tinchlikka erishishda muvaffaqiyatli bo‘lishiga chin dildan umid qilamiz va yaqin kunlarda yana yaxshi xabarlarni ulashishni istaymiz!» - dedi.

Ikki haftalik o‘t ochishni to‘xtatish

Bu bayonotlar AQSh Prezidenti Donald Trampning «Eronga qarshi bombardimon va boshqa hujumlarni ikki haftaga to‘xtatishga rozi bo‘lganini» aytishi ortidan qayd etildi.

Eron ham mamlakatga qarshi hujumlar to‘xtatilsa, mudofaa amaliyotlarini to‘xtatishini bildirdi.

Shu bilan birga, Eron Tashqi Ishlar vaziri Abbos Aroqchiga ko‘ra Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali xavfsiz o‘tish Eron qurolli kuchlari tomonidan ta’minlanadi.