DUNYO
2 daqiqa o'qish
Isroil mudofaa vaziri: “Isroil G‘azodan hech qachon chiqib ketmaydi”
Isroil mudofaa vaziri Yisrael Kats G‘azoning shimolida xavfsizlik uchun tampon hudud va aholi punktlari bilan bog‘liq karakollar tashkil etish rejalari haqida gapirdi.
Isroil mudofaa vaziri: “Isroil G‘azodan hech qachon chiqib ketmaydi”
Katz renews pledge to maintain Israeli control of Gaza and expand security zones / AP
26 декабр 2025

Isroil mudofaa vaziri Yisrael Kats Isroil G‘azoni “hech qachon tark etmasligini” aytib, hudud atrofida keng xavfsizlik zonasi yaratish va shimoliy qismida aholi punktlari bilan bog‘liq faoliyatlarga ruxsat berish majburiyatini yana bir bor ta’kidladi.
Haaretz gazetasi xabariga ko‘ra, ta’lim konferensiyasida so‘zlagan Kats Isroil G‘azoda doimiy mavjudlikni saqlab qolishini va keng xavfsizlik tampon zonasi barpo etilishini aytgan.

Kats bu hafta boshida ham G‘azoning shimolida aholi punktlari qurilishi haqida shunga o‘xshash bayonotlar bergan edi. Isroil ommaviy axborot vositalari bu bayonotlar AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatini g‘azablantirganini va Tramp Katsni ayrim gaplarini qisman ortga olishga majbur qilganini yozdi.

Katsning aytishicha, vaqti kelganda G‘azoning shimolida Nahal karakollarini “tashkiliy tarzda” barpo etish mumkin bo‘ladi.
Nahal karakollari — Isroil armiyasi tomonidan nazorat qilinadigan, harbiy xizmatni aholi punktlari faoliyati bilan birlashtiruvchi, yoshlar uchun mo‘ljallangan joylashuv shakli sifatida tanilgan.

Avvalgi bayonotlarini ortga olgani haqidagi xabarlarni rad etgan Kats Isroil G‘azoda “amaliy suverenitet”ni amalga oshirishini aytib, buni ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohildagi Isroil siyosatiga qiyosladi.

Ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohil ustidan nazorat

Falastinlik rasmiylarga ko‘ra, Isroil qirg‘in boshlanganidan buyon ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohil ustidan nazoratni mustahkamlashga qaratilgan harakatlarni kuchaytirgan. Bu harakatlar qatoriga uylarning buzilishi, majburiy ko‘chirish va aholi punktlarini kengaytirish kiradi.

Ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilning anneksiya qilinishi BMT qarorlarida nazarda tutilgan ikki davlatli yechim imkoniyatini amalda tugatmoqda.
Sharqiy Quddusni ham o‘z ichiga olgan holda, ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohil bo‘ylab taxminan 750 ming nafar isroillik ko‘chmanchi yashaydi.

Isroil ommaviy axborot vositalari, Katsning bayonotlari Bosh vazir Binyamin Netanyaxuning 29-dekabr kuni Tramp bilan uchrashuvi kutilayotgan Florida safarini murakkablashtirishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.