Suriya davlat axborot agentligi SANA xabariga ko‘ra Suriya armiyasi Halabda keskinlikni kuchaytirgani va tinch aholiga qarshi hujumlar uyushtirgani aytilayotgan SDF/ PKK - YPG terror tashkilotlariga tegishli Shayx Maqsud va Ashrafiya mahallalaridagi harbiy pozitsiyalarni qonuniy harbiy nishonlar sifatida baholay boshladi.
Mazkur bayonot SDFning chorshanba kuni ertalab ketma - ket ikki kun, Halabdagi turar joy hududlariga qarshi takror bombardimon boshlashidan keyin qayd etildi.
SANA avvalroq, so‘nggi hujum Shimoliy Halabdagi al - Suryan mahallasini nishonga olgani va Suriya armiyasi bo‘linmalari Kastello va al - Shayhan jabhalarida terror tashkiloti bilan to‘qnashuvga kirishganini xabar qilgandi.
Mazkur bombardimon seshanba kuni SDF terrorchilari tomonidan Halabda amalga oshirilgan bir qator hujumlarda kamida besh kishi halok bo‘lishi va 16 kishining jarohatlanishi ortidan sodir bo‘ldi.
Armiya amaliyotlar boshqarmasi ikkita mahalla, mahalliy vaqt bilan soat 15:00 dan (12:00 GMT) keyin yopiq harbiy hudud deb e’lon qilinishi, tinch aholiga SDF pozitsiyalaridan uzoq turish chaqirig‘ini yo‘llagani ham da belgilangan vaqtdan boshlab har ikki hududda harakatlanish to‘liq taqiqlanishini ma’lum qildi.








