DUNYO
1 daqiqa o'qish
Rossiya: Ukrainada port va harakatlanayotgan quruq yuk kemasiga zarba berdik
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning Chernomorsk portidagi uchuvchisiz dengiz apparatlari ishlab chiqarish obyektiga hamda Odessa portiga armiya uchun yuk olib ketayotgan quruq yuk kemasiga zarba berganini bildirdi.
Rossiya: Ukrainada port va harakatlanayotgan quruq yuk kemasiga zarba berdik
Odessada bir kemaga Rossiyaning dron hujumi

Vazirlik bayonotida Rossiya armiyasi tun davomida Ukrainaning port infratuzilmasi va Ukraina Qurolli Kuchlari ehtiyojlari uchun foydalanilayotgan kemalarga uchuvchisiz uchish apparatlari bilan hujumlarni davom ettirgani qayd etildi.

Bayonotda Chernomorsk portida uchuvchisiz dengiz apparatlari ishlab chiqariladigan obyektga zarba berilgani, shuningdek, Ukraina armiyasi ehtiyojlari uchun Odessa portiga yuk olib ketayotgan quruq yuk kemasi ham harakatlanayotgan paytda nishonga olingani bildirildi.

Vazirlikning boshqa bir bayonotida esa Rossiya havo mudofaasi tizimlari tun davomida Moskva va uning atrofi hamda boshqa hududlarda Ukrainaning 616 ta uchuvchisiz uchish apparatini yo‘q qilgani ma’lum qilindi.