Sog‘liqni Saqlash manbalaridan birining xabariga ko‘ra Isroilning G‘azoga qarshi uyushtirgan havo hujumlari oqibatida falastinlik yana uch kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Ushbu hujumlar amaldagi sulh yoki o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvining navbatdagi buzilishi bo‘ldi.
Manbaga ko‘ra G‘azoning markaziy qismidagi Burayj qochqinlar lageri yaqinida joylashgan chiqindilar saqlash maydoniga insonsiz havo transporti orqali uyushtirilgan hujum natijasida Burayj munitsipaliteti xodimi halok bo‘lgan.
Mahalliy manbalarning bildirishicha munitsipalitet xodimi xizmat vazifasini bajarayotgan bir paytda Isroilga tegishli insonsiz havo transporti tomonidan nishonga olingan.
G‘azo janubidagi Xon Yunus shahrining al - Amal mahallasida tinch aholi bo‘lgan hududga qarshi uyushtirilgan yana bir hujumda ikki kishi halok bo‘ldi. Marhumlarning jasadlari Nosir shifoxonasiga olib borildi.
Sog‘liqni Saqlash manbasi Isroil hujumi natijasida bir bolaning ham o‘rtacha darajada jarohat olganini ma’lum qildi.
Falokat miqyosidagi vayronagarchilik
Isroilning G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlari 2025 - yilning oktyabr oyida kuchga kirgan sulh, otashkesim yoki o‘q uzishni to‘xtatish kelishuviga qaramay davom etmoqda.
Sulh 2023 - yilning oktyabr oyidan buyon Isroilning falastinlik taxminan 73 ming nafar inson o‘limiga, 173 ming nafardan ortiq insonning yaralanishiga va G‘azodagi harbiy bo‘lmagan infratuzilmaning 90 foiziga salbiy ta’sir ko‘rsatgan keng ko‘lamli vayronagarchilikni to‘xtatishni ko‘zlagan edi.












