Isroilda minglab inson Knesset saylovlariga uch kun qolganida Bosh vazir Binyamin Netanyaxu hukumatining almashtirilishi va muvaffaqiyatsizliklari uchun javobgarchilikka tortilishini talab qilib, Tel - Aviv shahrida namoyish uyushtirdi.
Shanba kuni oqshomida Garovdagilar maydonida to‘plangan minglab inson 7 - oktabr kengashi tomonidan tashkil etilgan mitingda ishtirok etdi. Namoyishda oilalar, avvallari G‘azoda garovda olingan isroilliklar va ularning yaqinlari ham qatnashdi.
Seshanba kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlar arafasida Netanyaxu boshchiligidagi hukmron koalitsiya bilan raqobat kuchaygan bir paytda o‘tkazilgan namoyishga muxolifatning yetakchi siyosatchilari Gadi Ayzenkot, Yair Lapid, Avigdor Liberman va Yair Go‘lan ham qo‘shildi.
«Uch yillik kurashdan so‘ng qayta tiklanish jarayonini boshlaymiz» - shiori ostida yig‘ilgan namoyishchilar 2023 - yilning 7 - oktabrdagi hujumlar vaqtida yuz bergan muvaffaqiyatsizliklar uchun mas’ul shaxslarning javobgarchilikka tortilishini talab qildi.
Go‘lan mavzu haqida: «Kelasi chorshanbadan boshlab haqiqatni yuzaga chiqaradigan va oilalar uchun adolatni ta’minlaydigan davlat tergov komissiyasini tuzish ustida ishlaymiz»,- dedi.
Go‘lan o‘z so‘zida: «Bu bizning burchimiz va vazifamizdir. Biz vaziyatni yaxshilaymiz, qayta tiklaymiz va tuzatamiz. Bizning xabarimiz shu», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Saylov arafasida ko‘chalardan yangragan murojaat
Muxolifat yetakchilari ishtirok etganiga qaramay 7 - oktabr kengashi, namoyish oilalar tomonidan tashkil etilgan fuqarolik tadbiri ekani hamda biror siyosiy partiya yoki saylov ro‘yxatini qo‘llab - quvvatlashni maqsad qilmaganini ta’kidladi.
7 - oktabr kengashi, 7 - oktabrdagi hujumlar vaqtida yuz bergan muvaffaqiyatsizliklarni tekshirish uchun mustaqil davlat tergov komissiyasini tuzishni yoqlovchi fuqarolik tashkiloti sifatida faoliyat yuritadi.
Netanyaxu esa mustaqil tergov komissiyasini tuzish haqidagi talablarni rad etmoqda.
Isroilning Channel 12 telekanali xabariga ko‘ra Netanyaxu boshchiligidagi «Likud» partiyasi payshanba kuni Markaziy saylov komissiyasiga murojaat qilib, yirik telekanallarga mitingni namoyish etishni taqiqlashni so‘radi.
Partiya miting «saylovoldi tashviqoti» xususiyatiga ega ekanini ta’kidladi.
Biroq komissiya raisi - sudya Noam Solberg, talabni qo‘llab - quvvatlash uchun yetarli aniq asoslar mavjud emas degan xulosaga kelib, murojaatni rad etdi.
Shu bilan birga, 7 - oktabr kengashi shanba kuni Isroil politsiyasi komissari Denni Leviga maktub yo‘llab, namoyishga to‘sqinlik qilishga qaratilgan ehtimoliy urinishlardan ogohlantirdi.
Kengash politsiyadan xavfsizlik choralarini kuchaytirishni va mitingni izdan chiqarishga qaratilgan urinishlarning oldini olishni so‘radi.





















