DUNYO
2 daqiqa o'qish
Kobulga qarshi uyushtirilgan hujum kamida 400 kishi umriga zomin bo‘ldi
Pokiston tomonidan Afg‘oniston poytaxti Kobulga qarshi uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 400 kishi halok bo‘ldi.
Kobulga qarshi uyushtirilgan hujum kamida 400 kishi umriga zomin bo‘ldi
_
2 соат олдин

Afg‘on rasmiylariga ko‘ra Pokiston tomonidan Kobulda joylashgan giyohvandlikka qarshi reabilitatsiya markaziga qarshi uyushtirilgan havo hujumi oqibatida kamida 400 kishi halok bo‘lgan.

Afg‘oniston hukumati Matbuot xizmati kotibi o‘rinbosari Hamdulloh Fitrat mavzu haqida X platformasi orqali: “Pokiston armiyasi bugun kechqurun taxminan soat 21:00 (16:30 GMT) atrofida Omid nomidagi 2000 o‘rinli giyohvandlikni davolash shifoxonasiga qarshi havo hujum uyushtirdi”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Fitratning aytishicha hujum natijasida shifoxonaning yirik qismi vayron bolgan, qurbonlar sonining ko‘pligidan jiddiy xavotir olinmoqda.

Taxminan 250 kishi tan jarohati olganini ham ifoda etgan Fitrat, qidiruv va qutqaruv xodimlari voqea joyiga yetib borganini bildirdi.

Avvalroq Kobulda havo hujumlari bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Afg‘oniston hukumati Pokistonni mamlakat havo hududini buzishda va 2000 o‘rinli “Omid” reabilitatsiya markazini bombardimon qilishda ayblagan.

Islomobod esa bu ayblovlarni rad etdi.

Voqea joyida jurnalistlarga intervyu bergan Zamon ismli shaxs: “Biz yaradorlar va shifoxonada yotgan bemorlarni izlayapmiz”, - dedi.

Soxta iddao

Bu bayonotlar Pokiston Axborot vazirligi tomonidan Kobulning ayblovlarini rad etishi ortidan qayd etildi. Islomobodning ta’kidlashicha, ular Kobul va Nangarhar viloyatlarida pokistonlik tinch aholiga qarshi foydalanilgan afg‘onistonlik Tolibon va Fitna al - Havariy guruhining harbiy obyektlari, texnik jihoz omborlari va o‘q - dorilar saqlanadigan joylarini nishonga olgan.

Bayonotda shuningdek: “Hujumdan keyin terror tashkiloti tomonidan saqlangan o‘q-dorilarning portlashi bu soxta iddaoni to‘liq rad etadi” - deyildi.

Afg‘oniston hukumati rasmiy vakili Zabihulloh Mujohid esa bu holatni “barcha qabul qilingan tamoyillarga zid bo‘lgan harakat va insoniyatga qarshi jinoyat” deb baholab, keskin qoraladi.

O‘tgan oy chegaradagi keskinlik avj olishi ortidan Afg‘oniston bilan Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashdi. Bu esa inson o‘limlari va moddiy ziyonlarni keltirib chiqardi.

Fevral oyining oxiridan beri davom etayotgan to‘qnashuvlar natijasida har ikki tomonda jami 107 kishi halok bo‘lgan. Ular orasida Pokistonda 13 nafar harbiy va 5 nafar tinch aholi bor, yana bir askar bedarak yo‘qolgan.

Kobul ma’lumotlariga ko‘ra Afg‘onistonda 13 nafar harbiy va 76 nafar tinch aholi halok bo‘lgan. Bu raqamlar orasida dushanba kuni e’lon qilingan yangi qurbonlar kiritilmagan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra joriy yilning 26 - fevralidan 5 - martigacha bo‘lgan davrda Afg‘onistonda tinch aholidan 185 kishi halok bo‘lgan. Ular orasida bilvosita o‘q otish va havo hujumlari oqibatida vafot etgan 56 kishi ham bor.