Isroil kuchlari seshanba kuni (28.10.2025) ertalab ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilning shimoliy qismida uyushtirilgan bir amaliyot paytida falastinlik uch kishini o‘ldirganini ma’lum qildi.
Isroil politsiyasi nomi tilga olingan uch kishi, jangarilar markazi hisoblangan Jenin yaqinlaridagi bir g‘ordan chiqqan paytda o‘q yeganini iddao etdi.
Mavzu haqida berilgan bayonotda, halok bo‘lgan falastinliklarning hujum uyushtirishni rejalashtirganliklari iddao etildi ammo batafsil ma’lumot berilmadi. Shuningdek, Isroil kuchlari, yuqorida nomi tilga olingan g‘orni yo‘q qilish uchun havo hujumi uyushtirganini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.
Armiya ushbu hududda havo hujumi uyushtirilganini tasdiqladi ammo lekin qo‘shimcha ma’lumot bermadi.
G‘azoga qarshi Isroil hujumlari boshlaganidan beri ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda falastinlik 1,057 nafardan ortiq inson o‘ldirildi; 10,300 nafar inson tan jarohati oldi va 20,000 nafardan ortiq inson hibsga olindi. Ulardan 1,600 nafari yosh bola.
Joriy yilning 22 - oktabri kuni Isroil parlamenti ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohil va Ma’ale Adumim noqonuniy aholi punktini anneksiya qilib olishga oid ikkita qonun loyihasini dastlabki o‘qishda ma’qulladi.
O‘tgan 2024 - yili Birlashgan Millatlar Tashkilotining eng yuqori sud organi hisoblangan Xalqaro adliya sudi Isroilning Falastin hududlarini, jumladan G‘arbiy Sohilni bosib olishini noqonuniy deb topdi va G‘arbiy Sohil bilan Sharqiy Quddusdagi barcha aholi punktlarini boshatib qo‘yishini talab qildi.










