TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Istanbul shahar munitsipaliteti meri Ekrem Imamo‘g‘li korrupsiyada ayblanib hibsga olindi
U korruptsiya bilan bog'liq ayblovlar doirasida juma va shanba kunlari Istanbul politsiya boshqarmasida ko'rsatma berdi.
Istanbul shahar munitsipaliteti meri Ekrem Imamo‘g‘li korrupsiyada ayblanib hibsga olindi
/ AFP
26 март 2025

Istanbul shahar munitsipaliteti meri Ekrem Imamo‘g‘li korrupsiyada ayblanib hibsga olindi. U korruptsiya bilan bog'liq ayblovlar doirasida juma va shanba kunlari Istanbul politsiya boshqarmasida ko'rsatma berdi. Istanbul shahar munitsipaliteti meri Ekrem Imamo‘g‘li chorshanba kuni qo’lga olinganidan so‘ng munitsipalitetdagi korrupsiya tergovi doirasida hibsga olindi.

Istanbul Bosh prokuraturasi o'zining rasmiy bayonotida quyidagicha bayonot berdi:

"Bosh prokuraturamiz tomonidan o'tkazilgan tergov doirasida, gumonlanuvchi Ekrem Imamo'g'lini uyushgan jinoiy tashkilot tuzish, pora olish, huquqqa hilof ravishda ma'lumotlarni o'zlashtirish va tenderda qalbakilikda ayblab hibsga olishga qaror qilindi.

Istanbul Bosh prokuraturasi, Ekrem Imamo‘g‘li va boshqa 99 gumonlanuvchiga nisbatan; jinoiy tashkilot tuzish va unga rahbarlik qilish, jinoiy tashkilotga a’zolik, poraxo‘rlik, firibgarlik, shaxsiy ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritish va ochiq tender savdolarida qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yish jinoyatlari yuzasidan tergov boshladi.

Xavfsizlik boshqarmasida so'roqqa tutilgandan so'ng, ko'plab gumondorlar Chag'layandagi Istanbul sud binosiga yuborildi va u yerda jinoiy sudga topshirildi.

PKK/KJK terror tashkiloti bilan aloqasi borligi taxmin qilingan Imamo‘g‘li, shuningdek, PKK/KJK terror tashkilotining shaharlardagi ta'sirini oshirishni maqsad qilgan "shahar konsensusi" deb nomlangan tashabbusda ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Sud juma va shanba kunlari Istanbul politsiya boshqarmasida korruptsiya ayblovlari bo'yicha guvohlik bergan Imamo'g'lini hibsga olishga qaror qildi.

Keyinroq Imamo‘g‘li qo‘shimcha so‘roq qilish uchun Istanbul Bosh prokuraturasiga yuborilgan va boshqa 99 gumonlanuvchi bilan birga sudda ifoda bergan.

Tergov doirasida hibsga olinganlar orasida Istanbul shahar munitsipaliteti sho‘basi Medya AŞ raisi va Imamo‘g‘lining maslahatchisi Murat Ongun va Imamo‘g‘li qurilish kompaniyasi bosh direktori Tunjay Yilmaz ham bor. Imamo'g'li va boshqa gumonlanuvchilar ayblovlarni rad etishdi.

 

 

 

 

 

Boxabar bo'ling!
Hakan Fidan Isroil va AQSh - Eron voqeasi ustidan diplomatik muzokara olib bordi
Turkiya: Eron adolatsiz va noqonuniy hujumga duch kelmoqda
Erdo‘g‘an Eronda tinch aholi talofatlarini qoralab, to‘qnashuvlarni to‘xtatishga chaqirdi
Turkiya kompaniyalari Eron, Iroq, Suriya, Livan va Iordaniyaga reyslarni to'xtatdi
Mintaqaviy keskinliklar avj olar ekan, Turkiya va Eron kundalik chegara o‘tishlarini to‘xtatdi
Erdo'g‘an va Yevrokomissiya rahbari Eron atrofidagi keskinlikni muhokama qildi
Erdo'g'an Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi bilan Erondagi vaziyatni muhokama qildi
Erdo‘g‘an Yaqin Sharqdagi hujumlar ustidan tomonlarni qoraladi
Turkiya TIV Eron bo‘yicha diplomatik maslahatlashuvlar o‘tkazdi
Turkiya COP31 oldidan iqlim inqirozi bo'yicha nodavlat tashkilotlar bilan maslahatlashdi
Hakan Fidan Islom Hamkorlik Tashkiloti diplomatlarini qabul qildi
Turkiya Ukrainadagi urushni to'xtatish uchun diplomatiyani kuchaytirmoqchi
Erdo'g'an Turkiyada F-16 halokati bo'yicha tergov boshlanganini ma'lum qildi
Balikesir viloyatidagi samolyot halokatida uchuvchi shahid bo‘ldi
Turkiya Isroilning oxirgi qarorlarini keskin qoraladi
Turkiya va Pokiston xavfsizlik bo'yicha hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi
Turkiyaning Kizilelma UUAsi ASELSAN’ning yangi elektron qalqoni bilan kuchaytirildi
Turkiya Sudanda doimiy o‘t ochishni to‘xtatish va qamrovli siyosiy jarayonga chaqirdi
Erdog‘an: Turkiya o‘z chegaralaridan tashqaridagi tahdidlarni manbasida yo‘q qilmoqda
Turkiya Gretsiya va Chevron o‘rtasidagi gaz kelishuvini qoraladi