DUNYO
2 daqiqa o'qish
Papа urushga qarshi gapirishni davom etishga va'da berdi
Papа Leo AQSh Prezidenti Donald Trampning so‘zlariga qaramay urushga qarshi gapirishni davom etishga va'da berdi.
Papа urushga qarshi gapirishni davom etishga va'da berdi
_
9 соат олдин

Dunyo bo‘ylab 1,4 milliarddan ortiq katolik e’tiqodiga mansub insonlarning diniy yetakchisi Papa Leo, AQSh Prezidenti Donald Trampning o‘ziga qaratilgan to‘g‘ridan -to‘g‘ri tanqidiga qaramay, urushga qarshi ekanini bildirishda davom etishini bildirdi.

Dushanba kuni to‘rtta Afrika davlatini o‘z ichiga olgan 10 kunlik safari uchun Jazoirga yo‘l olayotgan samolyotda jurnalistlarga bayonot bergan Papa Leo, uning xabari “noto‘g‘ri talqin qilinayotganini” bildirdi.

Ingliz tilidagi bayonotida Leo mavzu haqida: “Men u bilan bahslashishni istamayman. Injil aytmoqchi bo‘lgan so‘zlarni ayrimlaridek noto‘g‘ri ishlatmaslik kerak degan fikrdaman. Men urushga qarshi ochiq gapirishni, tinchlikni targ‘ib qilishni, davlatlar o‘rtasida muloqot va ko‘p tomonlama aloqalarni rivojlantirishni hamda muammolarga adolatli yechimlar izlashni davom ettiraman” - dedi.

AQSh bilan Isroilning Eron qarshi urushiga ochiq tanqidchi
Papa mavzu haqida shuningdek: “Bugun dunyoda juda ko‘p inson azob chekmoqda. Juda ko‘p begunoh inson halok bo‘lmoqda. Va menimcha kimdir turib, bundan yaxshiroq yo‘l borligini aytishi kerak. Cherkovning so‘zi, mening so‘zim; Injilning so‘zi shuki: tinchlik o‘rnatganlar baxtlidir. Men o‘zimni siyosatchi sifatida ko‘rmayman” - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Asli chikagolik bo‘lgan Leo so‘nggi haftalarda AQSh bilan Isroilning Eronga bo‘lgan urushini ochiq - oydin tanqid qilib kelmoqda. Shu doirada shanba kuni (11.04.2026) tomonlarni tinchlikka chaqirar ekan, “urush telbaligini” keskin qoraladi.

Donald Tramp esa Papa tomonidan ham mojaroga, ham Oq uyning qat’iy immigratsiya siyosatiga qaratilgan tanqidlarga javoban yakshanba kuni (12.04.2026) Leoni “yomon” deb atadi.

Tramp Truth Socialdagi postida mavzu haqida: “Papa Leo jinoyatchilik masalasida ZAIF va tashqi siyosatda juda yomon” - deb yozib qoldirdi.