DUNYO
2 daqiqa o'qish
Venesuelada yuz bergan yer silkinishida halok bo‘lganlar soni ortdi
Venesuelada joriy yilning 24 - iyuni kuni yuz bergan ikki boshqa yer silkinishida halok bo‘lganlar soni ortdi.
Venesuelada yuz bergan yer silkinishida halok bo‘lganlar soni ortdi
_

Venesuela Milliy majlisi raisi Xorxe Rodriges ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bergan bayonotida, yer silkinishida halok bo‘lganlar soni 579 nafarga oshib, 6 ming 125 kishiga yetgani, jarohatlanganlar soni esa 16 ming 740 nafarni tashkil etayotganini ma’lum qildi.

Ayni paytda Venesuela Muvaqqat Prezidenti Del­si Rodriges poytaxt Karakasda uy - joy topshirish marosimida ishtirok etib, bayonot berdi.

Yil oxirigacha 4 ming oilaga 4 mingta uy - joy topshirishlarini ta’kidlagan Rodriges mavzu haqida shunday dedi:

«Dekabr oyigacha topshiradigan ushbu 4 mingta uy - joyga qo‘shimcha ravishda, yangi uylar qurilishini boshlash uchun yerlarni o‘rganish ishlarini davom ettirmoqdamiz va qurilish maydonlarini tayyorlamoqdamiz. Bundan tashqari, bu raqamga noldan barpo etiladigan yangi loyihalarimiz hali kiritilmagan».

Rodriges tabiiy ofatdan ziyon ko‘rganlarni yolg‘iz tashlab qo‘ymasliklarini bildirib: «Maqsadimiz ushbu ikki yer silkinishidan og‘ir ziyon ko‘rgan fuqarolarimizga xotirjamlik va baxt ulashish, ularga yolg‘iz emasliklarini his qildirishdir. Vaqtinchalik chodir shaharchalari va lagerlarda yashayotgan har bir inson, har bir bola va har bir keksa kishi yolg‘iz emasligini bilishini istaymiz» - dedi.

Venesuelada 2 ta kuchli yer silkinishi sodir bo‘lgan edi

AQSh Geologik xizmati (USGS) ma’lumotiga ko‘ra joriy yilning 24 - iyuni kuni Venesuelada 39 soniya farq bilan 7,2 va 7,5 magnitudali ikkita yer silkinishi sodir bo‘lgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD) esa 26 - iyundagi bayonotida yer silkinishlari to‘g‘ridan - to‘g‘ri yetkazgan moddiy ziyon qiymatini 6,7 milliard dollar deb hisoblaganini ma’lum qilgan.