Xitoy milliy ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin poytaxt Pekinda Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi.
Lavrov ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash hamda Yaqin Sharq va Ukrainadagi urushlarni muhokama qilish uchun Xitoyga ikki kunlik tashrif uyushtirdi.
Pekin bu hafta Eronga qarshi olib borilayotgan urushdan iqtisodiy jihatdan ta’sirlangan ko‘plab mamlakat yetakchilarini qabul qildi. Ular orasida Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanchez, Abu - Dabi valiahd shahzodasi Muhammad bin Zayod al - Nahyon va Vetnam yetakchisi To Lam bor.
Davlat televideniyesi CCTV ma’lumotiga ko‘ra Sergey Lavrov Xitoy Tashqi Ishlar vaziri Van I bilan o‘tkazgan uchrashuvlarida Rossiya va Xitoyni qamal qilishga qaratilgan ayrim urinishlarni tanqid qilganidan bir kun o‘tib, Pekindagi Xalq Katta Zalida Si Szinpin bilan uchrashdi.
Rossiyaning davlat axborot agentligi RIA Novosti ma’lumotiga ko‘ra Lavrov, AQSh va uning ittifoqchilarini nazarda tutgandek bo‘lib, shunday degan: “Ular Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Federatsiyasini qamal qilishga qaratilgan kichik ko‘lamli, bloklarga asoslangan tuzilmalarni yaratish orqali (mintaqaviy hamkorlikni) yo‘q qilishga harakat qilmoqda” - dedi.













