DUNYO
1 daqiqa o'qish
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaga qarshi 44 ta raketa orqali hujum uyushtirdi
Vladimir Zelenskiy, Rossiya 1 hafta ichida Ukrainaga qarshi 44 ta raketa orqali hujum uyushtirganiga e'tibor qaratdi.
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaga qarshi 44 ta raketa orqali hujum uyushtirdi
_

Zelenskiy ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Ukrainaga qarshi yarim kechasi uyushtirilgan havo hujumlari ustidan munosabat bildirdi.

Uning ma’lum qilishicha Rossiya to‘rt hududdagi energetika infratuzilmasiga zarba bergan. Ayni paytda yuz minglab oila elektr ta’minotisiz qolgan.

Uning qayd etishicha, Rossiya armiyasi so‘nggi bir hafta ichida 1 ming 940 ta insonsiz havo transporti (IHT), 1 ming 580 dan ortiq boshqariladigan bomba va turli rusumdagi 44 ta raketa orqali hujumlar uyushtirgan. Ularning 36 tasi ballistik raketa ekani aniqlangan.

Zelenskiy AQSh boshchiligidagi ittifoqchi davlatlardan Ukraina ehtiyoj sezayotgan havo mudofaasi raketalarini yetkazib berishni tezlashtirishni kutayotganini bildirdi.

Ukraina Prezidenti, shuningdek, mamlakat armiyasi va xavfsizlik kuchlarining Rossiyadagi nishonlarga qarshi havo hujumlariga ham to‘xtaldi.

Uning aytishicha, kecha Rossiyaning Rostov viloyatida raketa va snaryadlar uchun qattiq yoqilg‘i ham ishlab chiqaradigan Kamenskiy zavodiga zarba berilgan.

«Pantsir - S2 majmuasi hamda S - 400 Triumf tizimiga tegishli qo‘mondonlik - boshqaruv mashinasi ham nishonga olindi. Zarba berilgan havo mudofaasi obyektlarining umumiy qiymati qariyb 70 million dollarni tashkil etadi», - dedi Zelenskiy.