DUNYO
1 daqiqa o'qish
Isfahon viloyatida Eron harbiy vertolyoti halokatga uchradi
Isfahon viloyatida Eron harbiy vertolyoti halokatga uchrar ekan, oqibatida, jami to‘rt kishi halok bo‘ldi.
Isfahon viloyatida Eron harbiy vertolyoti halokatga uchradi
_
11 соат олдин

Mahalliy ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra seshanba kuni (24.02.2026) Eron armiyasiga tegishli vertolyot Isfahon viloyatining Dorcheh tumani yaqinida qulab tushdi. Hodisa oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi.

Yarim rasmiy Mehr News agentligi xabariga ko‘ra, dastlabki ma’lumotlarga asosan vertolyot ulgurji meva - sabzavot bozori hududiga qulagan.

Agentlik tomonidan ma’lum qilinishicha, avariya vaqtida vertolyot o‘quv parvozini amalga oshirayotgan edi. Halok bo‘lganlar orasida asosiy uchuvchi bilan uning yordamchi uchuvchisi hamda bozorda savdo qilayotgan ikki kishi borligi aniqlandi.

Halokat sababi hozircha rasman e’lon qilinmadi.

Bu Eronda bir haftadan kam vaqt ichida sodir bo‘lgan ikkinchi aviahalokatdir. Payshanba kuni mamlakat g‘arbidagi Hamadon shahri yaqinida F - 4 jangovar samolyoti qulab tushgan, uchuvchilardan biri halok bo‘lgan edi.

Eronning o‘lim bilan yakunlangan aviatsiya halokatlari to‘g‘risidagi o‘tmishi og‘ir. G‘arb sanksiyalari tufayli samolyot ehtiyot qismlarini yetkazib berish cheklangan, mamlakat esa davlat va tijorat aviakompaniyalari uchun eskirib borayotgan vertolyot hamda samolyot parkiga tayanishga majbur.