DUNYO
1 daqiqa o'qish
Trump AQSHning Eronda “yirik ko‘lamli jangovar amaliyotlar” boshlaganini ma’lum qildi
Trump, Eronning raketa quvvati va harbiy dengiz kuchlarini yo‘q qilishni ko‘zlagan hujumlarni e’lon qilar ekan, ehtimoliy talafotlar haqida ogohlantirdi va Eron kuchlariga taslim bo‘lish chaqirig‘ini yo‘lladi.
Trump AQSHning Eronda “yirik ko‘lamli jangovar amaliyotlar” boshlaganini ma’lum qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Texas shtatining Corpus Christi xalqaro aeroportiga "Air Force One" bortida yetib kelib, qo'l siltamoqda. 2026-yil 27-fevral. / Reuters
12 соат олдин

AQSH prezidenti Donald Trump, Shanba kuni bergan bayonotida, AQSHning Eronda “yirik ko‘lamli jangovar amaliyotlar” boshlaganini aytdi va AQSH tomonida talafotlar yuz berishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Trump, hujumlar Eronning raketa salohiyatini yakson qilish va harbiy dengiz flotini yo‘q qilishni maqsad qilganini bildirdi. Ushbu hujumlar, Eron yadroviy va ballistik raketa dasturlarini davom ettirgan taqdirda qayta zarba berilishi haqidagi AQSH-Isroil ogohlantirishlaridan so‘ng yuz berdi.

Trump, Truth Social tarmog‘ida ulashgan videolavhasida: “Bu bayonotni yengil qabul qilib aytayotganim yo‘q. Eron tuzumi o‘ldirishni istaydi”, dedi.

Trump: “Jasur Amerika qahramonlarining hayotlari boy berilishi mumkin va urushda tez-tez bo‘lganidek talafotlar ko‘rishimiz ehtimol. Biroq buni bugun uchun qilmayapmiz. Buni kelajak uchun qilyapmiz va bu olijanob vazifadir”, degan so‘zlarni qo‘lladi.

Trump, Eronning qurolli kuchlari va Islom Inqilobi muhofizlari a’zolariga qurolni tashlash chaqirig‘ini qilib, taslim bo‘lgan taqdirda daxlsizlik berilishini aytdi. Trumpga ko‘ra, boshqa tanlov esa “aniq o‘limdir.”

Vashington va Tehron so‘nggi haftalarda Eronning yadroviy maqsadlari bo‘yicha bir qator muzokaralar o‘tkazgan edi. Tomonlar o‘rtasidagi oxirgi uchrashuv Payshanba kuni bo‘lib o‘tgan, ammo hech qanday kelishuvga erishilmagan edi.

Trump: “Eron, o‘n yilliklar davomida qilganidek buni ham rad etdi. Yadroviy maqsadlaridan voz kechish imkoniyatlarining barchasini qaytardi va biz endi bunga chiday olmaymiz”, dedi.