G'AZODA URUSH
2 daqiqa o'qish
«Spider - Man: Brand New Day» filmi boykot qilinmoqda
O‘zbek tiliga «O‘rgimchak odam: Yangi kun» deb tarjima qilingan «Spider - Man: Brand New Day» filmi, nomi tilga olingan film prodyuseri Avi Aradning Isroil siyosatini qo‘llab – quvvatlagan ko‘z qarashi tufayli boykot qilinmoqda.
«Spider - Man: Brand New Day» filmi boykot qilinmoqda
_

Livan, Iordaniya va Arab dunyosining boshqa hududlaridagi Falastin tarafdori namoyishchilar prodyuser Avi Aradning Isroilni qo‘llab - quvvatlagani hamda G‘azo urushi davrida Binyamin Netanyaxuga bildirilgan tanqidlarni rad etgani sababli «Spider - Man: Brand New Day» (O‘rgimchak odam: Yangi kun) filmini boykot qilishga chaqirdi.

Livandagi Isroilni qo‘llab - quvvatlashga qarshi boykot harakati tomoshabinlarni filmga chipta sotib olmaslikka chaqirib, Isroilni ochiq qo‘llab - quvvatlaydigan shaxslar ishtirok etgan filmni moliyaviy jihatdan qo‘llab - quvvatlash “madaniy normallashuv”ni anglatishini ta’kidladi.

Guruh film namoyishi boshlanishidan oldin ijtimoiy tarmoqlarda bergan bayonotida: «Isroilni siyosiy jihatdan ochiq qo‘llab - quvvatlagan shaxslar ishtirok etgan filmni qo‘llab -quvvatlashni xohlaymizmi?» - degan savolni o‘rtaga tashlab, jamoatchilikni pullik namoyishlarga bormaslikka chaqirdi. Guruh o‘z pozitsiyasi Isroil yoki uning siyosatini normallashtirishga qarshi ekanini bildirdi.

Iordaniyada normallashuvga qarshi kurashuvchi Taharrak guruhi ham alohida bayonot berib, filmni boykot qilish va uni Iordaniya kinoteatrlarining namoyish dasturlaridan chiqarib tashlashni talab qildi.

31 - iyul kuni xalqaro miqyosda namoyish etila boshlangan «Spider - Man: Brand New Day» filmida Tom Holland Piter Parker rolini ijro etadi, film rejissyori esa Destin Daniel Kretton.

Arad Isroil armiyasida xizmat qilgan

Isroil va AQSh fuqaroligiga ega bo‘lgan Marvel Studios kompaniyasining sobiq rahbari Arad 1965 – 1968 - yillarda Isroil armiyasida xizmat qilgan, shuningdek, 1967 - yildagi Olti kunlik urushda qatnashgan.

Ko‘ngilochar sohaga oid yangiliklarni yorituvchi TheWrap sayti tomonidan 2024 - yili e’lon qilingan maktubda Arad o‘sha paytdagi AQSh Senati ko‘pchilik yetakchisi Chak Shumerning Netanyaxuni tinchlik yo‘lidagi to‘siq deb atab, Isroilda yangi saylovlar o‘tkazishga chaqirgan bayonotiga munosabat bildirgan.

Arad Shumerga javoban: «Bu sizning urushingiz emas. Bu sizning mamlakatingiz emas. Va xavf ostida bo‘lgan ham siz emassiz» - degan.

Boykot harakatini olib borayotganlar ushbu bayonotlar Aradning G‘azoga qarshi genotsid xarakteridagi urush davomida Isroil pozitsiyasini qo‘llab - quvvatlaganini ko‘rsatishini ta’kidlamoqda. Ularning fikricha, filmga chipta sotib olish Arad bilan bog‘liq ushbu asarni moliyaviy jihatdan qo‘llab - quvvatlashni anglatadi.